Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas 0-1 Liverpul
05/10 17:00 Espanyol 2-1 Malyorka
05/10 18:00 Udineze 1-0 Lechche
05/10 19:00 Arsenal 3-1 Sautgempton
05/10 19:00 Brentford 5-3 Vulverhempton
05/10 19:00 Lester 1-0 Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem 4-1 Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti 3-2 Fulhem
05/10 19:15 Xetafe 1-1 Osasuna
05/10 21:00 Atalanta 5-1 Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas 0-1 Selta
05/10 21:30 Valyadolid 1-2 Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton 0-0 Nyukasl
05/10 23:45 Inter 3-2 Torino
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor 0-0 Dinamo
06/10 15:30 Yuventus - Kalyari
06/10 17:00 Jirona - Atletik Bilbao
06/10 17:30 Ukraina - Fransiya
06/10 18:00 Bolonya - Parma
06/10 18:00 Lasio - Empoli
06/10 18:00 Chelsi - Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa - Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:00 Braziliya - Argentina
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

AIBA prezidentligiga saylovda G‘ofur Rahimovga raqib nomzod topildi

AIBA prezidentligiga saylovda G‘ofur Rahimovga raqib nomzod topildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Havaskor boks xalqaro federasiyasi (AIBA) prezidentligiga saylovda qozog‘istonlik sobiq bokschi Serik Qo‘noqboyev G‘ofur Rahimovga raqib bo‘ladi. Saylov yaqin kunlarda Moskvada bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Oldinroq Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) G‘ofur Rahimovning Havaskor boks xalqaro federasiyasi (AIBA) prezidentligiga saylovda yagona nomzod ekanligiga e’tiroz bildirgan edi.

G‘ofur Rahimov Havaskor boks xalqaro federasiyasi (AIBA) boshqaruvida yuzaga kelgan inqiroz tufayli 2018 yil yanvaridan vaqtinchalik prezident vazifasini bajarib kelmoqda. Biroq XOQ uni jinoyat olamiga aloqasi bor, deya nomzodini yoqlamasligini bildirgan edi. Shuningdek, XOQ federasiyaga keskin jazolar ko‘rishi bilan tahdid qilgan edi.

Ammo so‘nggi vaziyatda Osiyo boks konfederasiyasini boshqarayotgan qozog‘istonlik sobiq bokschi Serik Qo‘noqboyevning mazkur saylovda nomzod sifatida ishtirok etishi vaziyatni bir oz yumshatdi. Sport arbitraj sudi (CAS) Qo‘noqboyevga Havaskor boks xalqaro federasiyasi (AIBA) prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yishi mumkinligi haqida qaror chiqardi.

Bundan oldin mazkur federasiyaning saylovni tashkil etish bilan shug‘ullanuvchi qo‘mitasi Qo‘noqboyevga saylovda ishtirok etishiga ruxsat bermagandi. Sabab sifatida uning hujjatlarni o‘z vaqtida taqdim etmaganligi keltirilgan edi.

Natijada G‘ofur Rahimovning yagona nomzod bo‘lib qolishi mazkur federasiya va XOQ o‘rtasida nizo keltirib chiqardi.

Saylovlarning muqobillik asosida o‘tishi bilan Havaskor boks xalqaro federasiyasi (AIBA) 2020 yilda Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish imkoniyatini saqlab qoladi. Biroq XOQ “nomunosib” nomzod uchun Havaskor boks xalqaro federasiyasi (AIBA)ga nisbatan jazo choralarini qo‘llashini bildirdi.

Manba: www.turon24.com
Kiritildi: 13:37, 31.10.2018.
O'qildi: 2964 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.