Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

O‘FA tomonidan OFKning xalqaro “A” sertifikati uchun murabbiylik o‘quv kurslari davom etmoqda

O‘FA tomonidan OFKning xalqaro “A” sertifikati uchun murabbiylik o‘quv kurslari davom etmoqda

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi maydonida OFKning xalqaro “A” sertifikati uchun murabbiylik o‘quv kurslari bo‘lib o‘tayotgani haqida avval xabar berib o‘tgandik. O‘quv kursida 24 nafar murabbiy ishtirok etyapti.

O‘quv kursini FIFA va OFK instruktori Islom Ahmedov olib bormoqda. Unga koordinator Oybek Davletmuratov yordam beryapti. Ushbu kurslarni muvaffaqiyatli tamomlaganlar 2019 yildan boshlab Pro-ligada bosh murabbiy, Superligada yordamchi murabbiy, terma jamoalarda esa murabbiy bo‘lib ishlash huquqini qo‘lga kiritadilar. Shundan so‘ng murabbiylar ikki yil davomida murabbiy sifatida faoliyat yuritib, keyin "Pro" lisenziyasi uchun o‘qishni davom ettirishlari mumkin bo‘ladi.

Ushbu o‘quv kurslarida yaqin o‘tmishning mashhur futbolchilari, hozirgi kunda murabbiylik sohasida faoliyat olib borayotgan Temur Kopadze, Viktor Karpenko, Asror Aliqulov, Ne’matullo Quttiboyev, Xayrulla Karimov, Abdumajid Toirov kabi futbolchilar ishtirok etishyapti. Shuningdek, "A" lisenziyasini qo‘lga kiritib bo‘lgan mutaxassislar - Ulug‘bek Baqoyev, Jasur Abduraimov va Jafar Irismetovlar erkin tinglovchi sifatida mazkur kurslarda qatnashib, bilimlarini yangilashmoqda.

Murabbiylar ishtirokida nazariy darslardan so‘ng maydonda amaliy mashg‘ulotlar olib borilmoqda. O‘qish yakunida ishtirokchilar amaliy va nazariy imtihonlar bilan birga o‘zlariga yuklatilgan vazifani taqdimot shaklida himoya qilishadi.

Ushbu o‘quv kurslari 18 noyabr kuniga qadar davom etadi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 16:48, 31.10.2018.
O'qildi: 1955 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик