Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Superliga va Pro-liga hakamlari uchun yangi yo‘riqnoma ishlab chiqildi

Superliga va Pro-liga hakamlari uchun yangi yo‘riqnoma ishlab chiqildi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi milliy chempionatimizda faoliyat olib borayotgan hakamlarning professional darajasini oshirib, ularning mahoratini sayqallab borish, Superliga, Pro-liga va Kubok bahslarida halol hakamlikni ta’minlash maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, hakamlarning bilimlarini yangilab borish maqsadida ular o‘rtasida bir qator seminarlar, o‘quv kurslari tashkil qilinmoqda. Mavsum davomida hakamlarning kasbiy mahoratlari sinovdan o‘tkazilib, imtihondan o‘ta olmagan hakamlar milliy chempionat bahslariga qo‘yilmayapti.

Shu bilan birga, hakamlarning professional mahoratini yanada yuksaltirish maqsadida, O‘FA tomonidan Superliga, Pro-liga hakamlari uchun yangi yo‘riqnoma ishlab chiqildi. Ushbu yo‘riqnomaga ko‘ra hakamlarning uchrashuvlarga kelish-ketish tartiblari, o‘yindan oldingi va o‘yindan keyingi harakatlari qat’iy belgilab qo‘yildi. Jumladan, chempionat o‘yinlariga qo‘yilgan hakamlar va nazoratchilar belgilangan joyga o‘yin boshlanishidan 24 soat oldin yetib kelishlari kerak (agarda o‘yin o‘tkaziladigan joy hakam va nazoratchi yashash joyidan 100 kilometrdan oshmasa, unda ular o‘yin o‘tkaziladigan stadionga kamida 2 soat oldin yetib kelishlari zarur).

Shuningdek, o‘yinga tayinlangan hakamlar va nazoratchilar o‘yin o‘tkazilishidan 1 kun oldin qabul qilayotgan jamoa yoki futbol assosiasiyasi tomonidan belgilangan mehmonxonalarga joylashtiriladi. Mehmonxona bilan bog‘liq barcha xarajatlar O‘FA tomonidan qoplanadi. Hakamlar va nazoratchilar qabul qilayotgan jamoa yoki futbol assosiasiyasi tomonidan belgilangan joylarda ovqatlanishi kerak. Ovqatlanish jarayoni hakamlar guruhining barcha a’zolari bilan kelishilgan holda bir vaqtda amalga oshiriladi. Ular faqat qabul qilayotgan jamoa yoki futbol assosiasiyasi tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlardan foydalanib, ortiqcha imtiyozlarni so‘rash haqqiga ega emaslar.

Bundan tashqari, hakamlar jamoalar vakillari, o‘yinchilar, muxlislar, stadion ma’muriyati vakillari bilan xushmuomala bo‘lishlari kerak. Eng muhimi, hakamlar va nazoratchilar ikkala jamoa vakillari, jamoa rahbarlari bilan muloqot qilish huquqiga ega emas (ularni kuzatib borivchi shaxs bundan mustasno). Agarda hakam yoki nazoratchining jamoa vakillari yoki rahbarlari bilan muloqotda bo‘lgani aniqlansa, o‘sha hakam yoki nazoratchi o‘yindan chetlatilishi mumkin.

Hakamlar va nazoratchilar qaysi o‘yinga tayinlangani haqida o‘yindan avval ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma’lum qilishi, bu haqida fotosuratlar joylashi mumkin emas.
Shuningdek, endilikda O‘FA Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasida alohida mustaqil ekspertlar guruhi tuziladi. Bu guruh a’zolari har bir uchrashuvning videoyozuvini tahlil qilib, hakamlarning harakatlariga baho berib borishadi.

Yuqorida yozilgan ko‘rsatmalarga amal qilmagan, turli qing‘ir ishlarga aralashgan, kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgan hakamlar va nazoratchilarga nisbatan qat’iy tartib-intizom choralari qo‘llaniladi, ular O‘FA va PFL boshqaruvidagi musobaqalar o‘yinlarida ishlashdan umrbod chetlatilishlari mumkin.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 11:38, 01.11.2018.
O'qildi: 1934 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.