Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

La liga. «Barselona» so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatni g‘alabaga aylantirdi (video)

La liga. «Barselona» so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatni g‘alabaga aylantirdi (video)

Baho:
+2 | -2

Ispaniya La ligasining 11-turi doirasida "Barselona" safarda "Rayo Valyekano" klubi mehmoni bo‘ldi va irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Kataloniyaliklar bahsning 11-daqiqasida Albaning qanotidan hujum tashkil qilib, tezkor gol urishga muvaffaq bo‘lishdi: Suares yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi.

Mazkur goldan keyin Valverde shogirdlari oson g‘alabani qo‘lga kiritadigandek tasavvur uyg‘ongandi. Ammo madridliklar nomdor raqibga jiddiy qarshilik ko‘rsatishdi va o‘zlari yaratgan imkoniyatlardan samarali foydalanishdi. Uchrashuvning 35-daqiqasida Poso jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi: to‘p ustun orqali to‘rga borib tushdi.

Ikkinchi bo‘limning 57-daqiqasiga kelib mezbonlar hisobda oldinga chiqib olishdi. Bu safar ham ularga ustun yordam berdi: o‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmaga futbolchi bosh bilan zarba berdi. To‘p yaqin ustunga tegib, narigi ustun tomon bordi. Alvaro Garsiya esa bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qildi.

Bu oqshom "Barselona" nafaqat ochko yo‘qotishga, balki mag‘lubiyatga juda yaqin turgandi. Faqatgina so‘nggi daqiqalarda ular imkoniyatlardan samarali foydalanib qolishdi. O‘yin tugashiga 3 daqiqa qolganida jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatmani Pike ko‘kragi bilan qaytardi, Dembelening zarbasini darvozabon bartaraf eta olmadi. Bahsning 90-daqiqasida esa qanotdan berilgan uzatma paytida himoyachilardan qochib ketgan Luis Suares yaqin masofadan darvozani zabt etdi — 2:3.

Shu tariqa, "Barselona" qiyin g‘alabaga erishdi va o‘z ochkolarini 24taga yetkazib oldi. "Rayo Valyekano" esa 6 ochko bilan 19-pog‘onada qolmoqda.

Ispaniya La ligasi, 11-tur
Rayo Valyekano – Barselona 2:3 (1:1, 1:2)
Gollar: 0:1 – 11 Suares, 1:1 – 35 Poso, 2:1 – 57 Garsiya, 2:2 – 87 Dembele, 2:3 – 90 Suares.
Rayo Valyekano – Garsiya, Amat, Galves (Velaskes, 71), Advinkula, Moreno, Poso, Komesanya, Embarba, Imbula, Trexo (Garsiya, 57), de Tomas (Alegriya, 65).
Barselona – ter Stegen, Pike, Alba, Serdji Roberto, Langle, Artur (Vidal, 67), Buskets, Rafinya (Dembele, 52), Rakitich, Koutinyo (Munir, 67), Suares.
Ogohlantirishlar: Amat (6), Langle (17), de Tomas (49), Alba (70), Garsiya (89), Velaskes (90).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 02:36, 04.11.2018.
O'qildi: 12397 marta.
Fikrlar: 24 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик