Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

YECHLda mavsumdagi eng adolatsiz penalti belgilandi (video)

YECHLda mavsumdagi eng adolatsiz penalti belgilandi (video)

Baho:
+ | -

7 noyabr kuni Chempionlar ligasi doirasida bo‘lib o‘tgan «Manchester Siti» - «Shaxtyor» uchrashuvida bosh hakam Viktor Kashshai qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi.

Gap shundaki, uchrashuvning 23-daqiqasi boshlangan soniyalarda mezbonlar hujumchisi Rahim Sterling raqib jarima maydoniga kirib borib, gazonni tepib yuborishi natijasida muvozanatni yo‘qotib yiqilib tushdi.

Bu vaqtda 20 metrlar chamasi narida turgan vengriyalik hakam vaziyatga himoyachi tomonidan qoida buzilishi deb baho berdi va 11 metrlik nuqtani ko‘rsatdi.

Vaholanki ukrainlar himoyachisi Mikola Matviyenko hujumchiga na qo‘li bilan va na oyog‘i bilan tegingan, unga korpus bilan to‘sqinlik qilishga ham urinmagan edi – u Rahimning ortidan faqat ta’qib qilib kelayotgan edi xolos.

VIDEO

Sterlingning o‘zi ham vaziyatga oydinlik kiritishga urinmaganini qayd etib o‘tish joiz. Jamoa guruh autsayderini o‘z maydonida qabul qilayotgan va katta ehtimol bilan g‘alabaga erishishi tayin edi. Uning o‘zi ham aybini tushunib yetdi va o‘yindan so‘ng uzr so‘radi.

«To‘pni o‘rtacha kuch bilan oshirmoqchi bo‘ldim, keyin nima bo‘lganini esa bilmayman. Natijada maydonga ag‘anab yiqilib tushdim.

Himoyachi bilan kontakt bo‘lganini sezganim yo‘q, bu mening aybim edi. Chimni tepib olib, qoqilib tushgandim. Buning uchun hakam va «Shaxtyor» jamoasidan uzr so‘rayman», - degan Sterlingning so‘zlarini keltirib o‘tdi BT Sport.

Yakunda, Gabriel Jezus penaltini muvaffaqiyatli amalga oshirgach, hisob 2:0 ko‘rinishiga keldi va ikkinchi bo‘limda yana to‘rtta to‘p kiritgan «shaharliklar» yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, Viktor Kashshai jahon futbolida o‘z nomiga referilardan biri sanaladi. U JCH-2010da ishlagan, shundan so‘ng YECHLning 2011 yilgi finalini boshqarib borgan. Kuzatuvchilar so‘nggi vaqtlarda uning hakamlik faoliyati sifati tushib borayotganini qayd etishgan. Kechagi bahsdagi xatosidan so‘ng u YECHLdan chetlatilishi mumkinligi aytilmoqda.

P.S. Angliyaning The Sun gazetasi bugungi soni muqovasida o‘yin hisobi 6:0 emas, aslida 5:0 bo‘lganini yozib chiqdi.

Manba: Tribuna
Kiritildi: 14:12, 08.11.2018.
O'qildi: 8501 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.