Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao
24/01 00:45 Inter - Piza
24/01 01:00 Levante - Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul

Bugun futbol. «Neftchi» – «Sug‘diyona»

Bugun futbol. «Neftchi» – «Sug‘diyona»

Baho:
+ | -

Bugun Farg‘onada katta futbol oqshomi! Superliganing 30-turida "Neftchi" jamoasi Jizzaxning "Sug‘diyona" jamoasini o‘z maydonida qabul qiladi.

Farg‘ona klubi 9 noyabr oqshomida mavsumning eng muhim o‘yinlaridan birini o‘tkazadi. Chempionatning quyi oltitaligida kurash olib borayotgan eng asosiy raqiblarimizdan biri sanalgan "So‘g‘diyona" "Istiqlol" stadioniga tashrif buyuradi.

O‘YINNING AHAMIYATI

Bellashuvning ahamiyati borasida ko‘p fikr bildirish shart emas. Mavsumning so‘nggi bellashuvlaridan biri sanalgan bugungi raqobat hal qiluvchi prinsiplarni o‘z qamroviga olmoqda. Bugungi bahs oldidan "Neftchi" jamoasi turnir jadvalida so‘nggi pog‘onani band etgan bo‘lib, asosiy ta’qibchilaridan uch hamda to‘rt ochko farqda ortda qolmoqda. Albatta bu katta tafovut emas. Shunday ekan, oldindagi o‘yin ochkosini oltinga qiyoslash mumkin. "Neftchi" jamoasi   Mavsum-2018dagi so‘nggi  ikki uy uchrashuvini "So‘g‘diyona" hamda "Qo‘qon-1912"ga qarshi o‘tkazadi. Aytish kerakki, yakunda ushbu o‘yinlar natijalari ko‘p narsani hal qilib beradi.

O‘ZARO O‘YINLAR

"So‘g‘diyona" uchun "Neftchi"ga qarshi chempionat bellashuvlari joriy mavsumda ancha omadli kelmoqda. 2018-yilda jamoalar 2 marta Jizzaxda va 1 marta Farg‘onada o‘yin o‘tkazishgan bo‘lsa, ushbu bellashuvlarning 2 tasida jizzaxliklarning qo‘li baland keldi. Jizzaxda kechgan 2-tur o‘yinida nursiz durang qayd etilgan edi. 0:0. Joriy mavsumdagi 4-o‘zaro o‘yin kim uchun omadli keladi ? Bu savolga bugun oqshom javob olamiz.

YOSHLAR LIGASI

Afsuski, Abdusamad Do‘rmonov shogirdlarining g‘alabali seriyasini Yoshlar ligasining so‘nggi o‘rin sohibi to‘xtatdi. AGMK hamda "Nasaf"ga qarshi irodali o‘yinlarni o‘tkazgan yosh farg‘onaliklar "So‘g‘diyona" o‘rinbosarlariga mag‘lub bo‘lishdi. O‘yin taqdirini birgina penalti hal etdi. Jamshid Qobulov 84-daqiqada to‘pni qaytarish chog‘ida uni qo‘li bilan o‘ynadi va namanganlik hakam G‘ayrat Jo‘rayev mezbonlar darvozasiga penalti belgiladi. Mehmonlar birgina imkoniyatdan unumli foydalanishdi.

Qadrli futbol muxlislari! Bugun sevimli "Neftchi" jamoasi uchun eng muhim o‘yinlardan biri ekanligini aloxida ta’kidlagan bo‘lar edik hamda barcha farg‘onaliklarni "Istiqlol" stadionida kechadigan muhim futbol bahsiga "Neftchi" jamoasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida chorlaymiz! O‘yin soat 18:00da start  oladi.

"Neftchi" matbuot xizmati

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 01:28, 09.11.2018.
O'qildi: 2536 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.