Avvalroq, hamyurtimiz Edita Mirobidova Tailandda bo‘lib o‘tayotgan Olimpiada - 2020 musobaqasi saralashining birinchi bosqich uchrashuvlarini boshqarish uchun taklif etilgani haqida xabar berib o‘tgandik.
Bugungacha Edita Mirobidova "V" guruhidan o‘rin olgan Eron - Livan uchrashuvida ishlashga ulgurdi. O‘sha o‘yinda eronliklar raqiblari darvozasiga javobsiz 8ta gol kiritishdi.
Bugun Edita Mirobidova Eron - Gonkong uchrashuvida bosh hakam sifatida ishlaydi.