Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

«Bunyodkor»dan 6 ochko olib tashlandi

«Bunyodkor»dan 6 ochko olib tashlandi

Baho:
+ | -

Pepsi Superliga ishtirokchisi bo‘lgan “Bunyodkor” futbol klubi rasman o‘zi to‘plagan ochkolarning 6 tasidan mahrum qilindi. PFL bu boradagi talabi bajarilgani yuzasidan O‘zbekiston futbol assosiasiyasiga bildirishnoma taqdim etadi. O‘z navbatida O‘FA bu haqda Xalqaro futbol uyushmasi FIFAni xabardor qiladi.

“Bunyodkor” ukrainalik futbolchi Sergey Simonenko oldidagi qarzdorlik masalasini shu vaqtgacha ochiq qoldirdi. Professional futbol ligasi o‘z musobaqasida ishtirok etuvchi “Bunyodkor” klubini oxirigacha himoya qilishga qaror qildi. Aslida FIFA talabi shu yilning sentyabr oyidayoq bajarilishi shart bo‘lsa-da, PFL vaziyatni to‘g‘rilash uchun “Bunyodkor”ga ikki oyga yaqin vaqt berdi. Biroq Toshkent jamoasi bu ishni yopa olmadi.

Sergey Simonenko 2015 yilgi mavsumning birinchi davrasida “Bunyodkor” sharafini himoya qilgan. Ammo u O‘zbekistonni tark etgan vaqtda ham klub futbolchi bilan to‘liq-hisob qilmagan. Keyinroq ukrainalik futbolchi FIFAga shikoyat arizasi yozgach, “Bunyodkor” ikki marta — 2016 va 2017 yillarda Sergey Simonenko uchun O‘zbekiston banki orqali ochilgan plastik kartaga ma’lum miqdorda pul tushirgan. Biroq bu pullar futbolchiga qadar yetib bormagan.

“Bunyodkor” iddaosiga ko‘ra, o‘sha plastik karta ichida Simonenkoning pullari turibdi. Istasa, futbolchi Toshkentga kelib, uni olib ketishi mumkin. Yo‘qsa, o‘zining ishonchli vakilini yuridik kuchga ega bo‘lgan ishonchnoma bilan poytaxtga jo‘natishi kerak. Jamoaning o‘zi futbolchi uchun ochilgan plastik karta ishiga aralasha olmaydi. “Bunyodkor” va Simonenko bu borada bir yechimga kela olmadi. Masalaning hal bo‘lishi FIFA uchun ham, PFL uchun ham muhim. Biroq fakt shuki, FIFA tomonidan aybdor deb topilgan “Bunyodkor” vaziyatni yumshata olmadi.

Qolgan davr davomida PFL “Bunyodkor”ni himoya qila olmaydi. Birinchidan, chempionat yakuniga 2 ta tur qoldi. Ikkinchidan, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi FIFA oldidagi majburiyatlarini bajarishi shart.

Ma’lumot uchun, PFL komissiyasi ayni vaqtda futbol klublarini 2019 yilgi mavsum uchun lisenziyalash tizimi aks etgan reglament ishini deyarli yakunladi.  Unga ko‘ra, 2019 yilgi mavsumda legioner futbolchilar xizmatidan foydalanadigan futbol klublari mana shu futbolchilar bilan hisob-kitobni O‘zbekiston so‘mida emas, o‘zaro kelishilgan xorijiy valyutada amalga oshiradi.

Shuningdek, legioner futbolchilar uchun qo‘yilgan talablar ham ancha yuqori bo‘lib, bunga qadar legionerlar bilan ishlash masalasida qator kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan futbol klublariga nisbatan sanksiyalar qo‘llaniladi va ular legioner futbolchi xizmatidan foydalana olmaydi. Qo‘shimchasiga, stadioni, bazasi, futbol akademiyasi talab darajasida bo‘lmagan jamoalar ham legionerlar bilan shartnoma imzolash huquqidan mahrum qilinadi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 18:47, 16.11.2018.
O'qildi: 16123 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик