Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan 3-0 Verona
28/12 19:00 Cremonese 0-2 Napoli
28/12 19:00 Sanderlend 1-1 Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas 0-1 Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya 1-1 Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma - Jenoa

Umid Ahmadjonov O‘zbekistonda VAR tizimini tatbiq etish yuzasidan muzokara o‘tkazdi

Umid Ahmadjonov O‘zbekistonda VAR tizimini tatbiq etish yuzasidan muzokara o‘tkazdi

Baho:
+ | -
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov bugun Milliy olimpiya qo‘mitasida “Hawk-Eye Innovations Ltd” kompaniyasi Osiyo mintaqasi bo‘limining boshqaruvchi direktori Ben Krossing bilan uchrashuv o‘tkazdi.    "O‘zbekistonga xush kelibsiz. Bizda futbolni juda sevishadi. Biz futbol bilan bir qatorda, hakamlik tizimini ham rivojlantirish bo‘yicha bir qator ishlarni amalga oshiryapmiz. O‘zbek futboliga VAR tizimini olib kirish ham bugungi kunda oldimizda turgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bu borada bizga yordam beradigan sizdek mutaxassisni ko‘rib turganimizdan xursandmiz", - deb so‘z boshladi Umid Ahmadjonov.    O‘z navbatida Ben Krossing kompaniya ko‘plab mamlakatlarda ish olib borishini, yangi hamkorlikdan faqat va faqat xursand bo‘lishini ta’kidladi.    "VAR tizimini o‘rnatish uchun 4-8 oy vaqt ketadi. Uning narxi kelishuv shartlariga bog‘liq. Masalan, buning uchun mahalliy kompaniyalarni jalb qilsangiz bu siz uchun arzonroq tushadi. Agar besh yillik kelishuv amalga oshirilsa, yanada yaxshiroq sharoitlar yaratiladi. Jo‘nab ketish oldidan yurtingizdagi stadionlardan birini ko‘zdan kechiraman", - dedi mutaxassis.   Tomonlar uchrashuv davomida shuningdek, VAR tizimiga oid bir qator yangiliklarni ham muhokama qildilar. Umid Ahmadjonov ushbu tizimni O‘zbekistonda tatbiq etish shartlari, yana boshqa jihatlar bilan qiziqdi. 

Uchrashuv yakunida Umid Ahmadjonov mehmonga O‘zbekiston futbol assosiasiyasi nomidan esdalik sovg‘asini taqdim etdi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 15:00, 19.11.2018.
O'qildi: 5672 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.