Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Xalk: «Rafiqam Shanxayni yaxshi ko‘radi»

Xalk: «Rafiqam Shanxayni yaxshi ko‘radi»

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO / Futbolchilar
Rukn: Intervyular

«Shanxay SIPG» klubi Xitoy chempionatida bosh sovringa ega chiqdi. Shu munosabat bilan «Match TV» kanali «Zenit»ning sobiq o‘yinchisi Xalkdan intervyu oldi.

— «Shanxay SIPG» klubi safida Xitoy chempionligiga erishdingiz. Taassurotlar qanday?

— Albatta, hissiyotlar o‘zgacha. Jamoadoshlarim qanday xursand bo‘lganlarini ko‘rganingizda edi. Ular quvonchdan yig‘lashdi. Shuningdek, men ham o‘zimni yengil his qildim. Yana bir e’tiborli tomoni, jamoaning chempion bo‘lishiga sardor sifatida o‘z hissamni qo‘shdim.

— Chempionlikni jamoa qanday niishonladi?

— Avvaliga maydonda. Barchamiz oilalarimiz bilan. Yaqinlarimiz hal qiluvchi uchrashuvga tashrif buyurishgandi. Keyin maydonga tushib kelishdi. Ertasiga rasmiy tantanali bayram bo‘lib o‘tdi. Bu marosimga ham yaqinlarimiz bilan tashrif buyurdik. Unda klubning barcha xodimlari ishtirok etishdi.

— Sovrinni qo‘lga kiritish oson kechmagandir?

— Juda! Ayniqsa, ruhiy tarafdan qiyin. Bunga qadar «Guanjou Evergrand» qatorasiga yetti marta Xitoy chempioni bo‘lgandi. Lekin bu safar ularga imkon bermadik.

— «Zenit»dan ham tabriklarni qabul qilib oldingizmi?

— Ha! Klubning «Tvitter»dagi sahifasidagi qutlovlarni ko‘rish yoqimli bo‘ldi. Yana bir bor rahmat.

— Xitoyda yashash qanday bo‘lyapti?

— Menga va oilamga bu yer juda yoqadi. Boz ustiga, farzandlarimiz xavfsiz sharoitlarga egalar. Rafiqam Shanxayni juda yaxshi ko‘radi. Shuningdek, o‘zim ham bu yerga yuz foiz moslashib oldim.

— Endilikda siz Portugaliya, Rossiya va Xitoy chempionisiz. Yana qaysi mamlakatda chempion bo‘lishni istardingiz?

— Qayerda bo‘lsam ham, shunchaki g‘alaba qozonishni yaxshi ko‘raman. Agar Xitoyda qolsam, kelasi yili ham joriy mavsumdagi muvaffaqiyatni takrorlashni istayman. Mabodo bosh­qa mamlakatda o‘ynasam, albatta, o‘sha chempionatning oltin medallarini qo‘lga kiritishni xohlayman. Lekin to‘g‘risini aytsam, hech bo‘lmasa bir yil Braziliyada o‘ynab, o‘z yurtimda chempion bo‘lish niyatim yo‘q emas. Axir braziliyalikman. Men uchun o‘z vatanimda g‘olib chiqish juda muhim.

— Xitoy chempionatini Rossiya va Portugaliya birinchiliklari bilan solishtirsangiz.

— Bilsangiz, turli chempionatlar o‘rtasidagi tafovutlar haqida gapirishni yoqtirmayman. Har bir mamlakatning o‘ziga xos qiyinchiliklari, yutuqlari bor. Xitoy chempionati bosh­qalaridan yoshligi bilan farq qilishi mumkin. Lekin yildan-yilga o‘sish kuzatilmoqda. Yuqorida «Guanjou Evergrand»ning qatorasiga yetti yil chempion bo‘lganini aytib o‘tdim. Bu yil g‘oliblik uchun to‘rtta klub kurash olib bordi. To‘g‘ri, yakunda biz va «Guanjou» qoldi, xolos...

— Kelajak rejalari qanday? Xitoyda qolasizmi?

— Klub bilan yana ikki yillik shartnomam bor va uni bir yilga uzaytirish huquqiga egaman. Bu yerdagi holatimdan mamnunligimni aytdim. Men uchun bu juda muhim. Shunday ekan, shartnomam shartlarini bajarishda davom etaman.

— «Zenit»da o‘ynaganingizda, Peterburgning eng mashhur shaxslaridan biri edingiz. Shanxayda ham shundaymi?

— Rossiyada mashhur inson bo‘lish yoqimli. «Zenit»ning tarix yaratishida yordam berganimdan xursandman. Hozirgacha oilamiz bilan Peterburg­ni yoqtiramiz. Yuqorida aytganimdek, Xitoyda futbol yosh sport turlaridan biridir. «Shanxay SIPG» muxlislari meni yaxshi bilishadi. Hozirda ko‘chalarda ham tanib qolishgan. E’tibor uchun ulardan minnatdorman. 

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 19:47, 21.11.2018.
O'qildi: 2860 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.