Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/10 00:00 Real Madrid 1-0 Vilyarreal
11/10 16:00 OKMK 2-2 Navbahor
11/10 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Lokomotiv
11/10 17:00 Elche - Selta
11/10 18:00 Kristal Pelas - Nottingem Forest
11/10 18:00 Xall Siti - Everton
11/10 19:15 Real Sosyedad - Deportivo
11/10 20:30 Liverpul - Manchester Siti
11/10 21:30 Betis - Osasuna
12/10 00:00 Rasing - Valensiya
12/10 18:45 Paxtakor - Al-Qodisiya
12/10 21:00 Al-Vasl - Al-Ahli (SA)
12/10 21:00 Traktor - Ash-Shamol
12/10 23:15 An-Nasr (SA) - Neftchi
12/10 23:15 Al-G‘arafa - Istiqlol
12/10 23:15 Al-Quva al-Javiya - Al-Ayn
13/10 00:00 Koventri Siti - Nyukasl
13/10 00:00 Levante - Sevilya

Superliga, 31-tur: Prevyu

Superliga, 31-tur: Prevyu

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, bugun PEPSI Superligasi 31-turi 23 noyabrda “Qizilqum” – “Neftchi” o‘yini bilan start oladi. “Qizilqum” 30 ochko to‘plab, quyi oltitalikda ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. “Neftchi” esa 17 ochko to‘plab, oxirgi ikki turda 6 ochko to‘plagan taqdirda ham, keyingi mavsumni Pro ligada o‘tkazishi oydinlashdi: o‘zaro o‘yinlar bo‘yicha hozir 10 va 11-o‘rinlarni egallab turgan AGMK va “Nasaf” jamoalariga “Neftchi” imkoniyatni boy bergan.

“Bunyodkor” – “Metallurg” uchrashuvi 24 noyabr 14:00 da bo‘lib o‘tadi.

“Qo‘qon-1912” – “So‘g‘diyona”, “Nasaf” – AGMK va “Buxoro” – “Navbahor” uchrashuvlari 25 noyabr kuni bir vaqtda, ya’ni 15:00 da boshlanadi. “Qo‘qon-1912”, AGMK va “So‘g‘diyona” PEPSI Superliga 9-o‘rinini egallash uchun har uchchala jamoaning ham imkoniyati bor. 10 va 11-o‘rinlarni egallagan jamoalar Pro liganing “Istiqlol” – “Nurafshon” va “Mash’al” – “Sherdor” juftliklari g‘oliblari bilan Superligada qolish uchun kuch sinashishadi.

Turning markaziy o‘yini “Lokomotiv” – “Paxtakor” 26 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Ushbu o‘yinda PEPSI Superliga-2018 chempioni aniqlanishi mumkin. Agar “Lokomotiv” “Paxtakor” ustidan g‘alaba qozonsa yoki durang qayd etsa, chempionat tugashiga bir tur qolganda “Lokomotiv” jamoasi chempionlikni qo‘lga kiritadi.

PEPSI Superliga / 31-tur

23 noyabr, juma
“QIZILQUM” — “NEFTCHI” - 18:00

24 noyabr shanba
“BUNYODKOR” — “METALLURG” - 14:00

25 noyabr, yakshanba
“QO‘QON-1912” — “SO‘G‘DIYONA” - 15:00
“NASAF” — AGMK - 15:00
“BUXORO” — “NAVBAHOR” - 15:00

26 noyabr, dushanba
“LOKOMOTIV” — “PAXTAKOR” - 18:00

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 14:18, 23.11.2018.
O'qildi: 3878 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик