Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Xose Luis Mendilibar: «Hisob 3:0ga yetganidan keyin «Real»ni mag‘lub etishimizga shubham qolmadi»

Xose Luis Mendilibar: «Hisob 3:0ga yetganidan keyin «Real»ni mag‘lub etishimizga shubham qolmadi»

Baho:
+ | -

Ispaniya La ligasining 13-turi doirasida "Eybar" klubi o‘z maydonida "Real"ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi. O‘yindan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Xose Luis Mendilibar o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

G‘alaba haqida
«Biz yaxshi o‘ynadik. Ilk daqiqalardanoq xavfli vaziyatlar yarata boshladik. «Madrid»ga qarshi o‘ynash hamisha qo‘rqinchli. Boisi, ular istalgan paytda gol urishi mumkin. Ammo bugun ular hech qanday vaziyat yarata olishmadi. Hisob 3:0ga yetganidan keyin g‘alaba qozonishimizga shubham qolmadi. Yanada ko‘proq gollar urishimiz mumkin edi. Faol o‘yin namoyish qilganimiz g‘alabaning asosiy omili bo‘ldi».

Eng yaxshi g‘alaba haqida
«Balki, bu bizning eng yaxshi g‘alabamiz emasdir, ammo «Real» ustidan qozonilgan g‘alabani hamma gapiradi. Albatta «Madrid» gol ura olmagani g‘alati, ammo biz har tomonlama to‘laqonli o‘yin namoyish qildik. Yaxshi hujum qildik, yaxshi himoyalandik. Bu g‘alaba o‘zimizga bo‘lgan ishonchni oshirishda yordam beradi. Demak, biz to‘g‘ri yo‘ldan ketyapmiz».

«Real» futbolchilari ko‘p marta ofsaydga tushib qolgani haqida
«Himoya chizig‘imiz odatdagiga nisbatan oldinroqda o‘ynadi. Biz raqibni ofsaydga tushirib qo‘yish uchun emas, yuqori pressing qo‘llash uchun shunday qildik. Hattoki nogironlar aravachasidagi Ramis ham bizning eng yaxshi himoyachimiz. U jamoaga hayot bag‘ishlab turadi».

Manba: realmadrid.ru
Kiritildi: 09:55, 25.11.2018.
O'qildi: 3407 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик