Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ 3-2 Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy 1-1 Atletiko
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao

Qoraqalpog‘istonda bugun koreyalik futbolchilar bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkaziladi

Qoraqalpog‘istonda bugun koreyalik futbolchilar bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkaziladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida “Orolbo‘yi hududlarida ekologik muhitni yaxshilash masalalari va bu jarayonda koreys diasporasining roli” mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur forumda BMTning sobiq bosh kotibi Pan Gi Mun boshchiligidagi Janubiy Koreya delegasiyasi vakillari ishtirok etishmoqda.   Kecha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus xalqaro aeroportida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi, Qoraqalpog‘iston futbol assosiasiyasi, Qoraqalpog‘iston bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasi vakillari mehmonlarni ko‘tarinki ruhda kutib olishdi. Shundan so‘ng mehmonlar sharafiga dasturxon yozilib, san’atkorlar o‘z chiqishlari bilan yig‘ilganlarga yuqori kayfiyat baxsh etishdi.   Mehmonlar orasida Janubiy Koreyaning Seul shahridagi “Chung-Ang university high school” futbol jamoasi tashrif buyurgan. Mazkur jamoa bugun “Turon” markaziy o‘yingohida soat 14:00da Qoraqalpog‘iston Respublikasining U-19 yoshgacha bo‘lgan terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi.    “Turon” markaziy o‘yingohida bo‘lajak o‘yindan avval katta gala konsert dasturi ham tashkil etiladi. Unda Maxset Utemuratov, Gulxatisha Ayimbetova, Irina Nam hamda Toshkent shahridan tashrif buyurgan estradamiz yulduzlari, qolaversa, Janubiy Koreya davlatidan tashrif buyurgan ansambl guruhlari o‘z chiqishlari bilan o‘yingohga tashrif buyurgan muxlislarni xushnud etishadi.    Bundan tashqari forum doirasida nufuzli mehmonlar hamda futbol jamoa a’zolari O‘zbekistonning diqqatga sazovor joylari va tarixiy obidalari bilan ham yaqindan tanishishni maqsad qilishgan.    “Chung-Ang university high school” jamoasi 28 noyabr kuni Toshkent shahridagi “Milliy” o‘yingohida O‘zbekiston milliy terma jamoasining 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar jamoasi bilan kuch sinashishadi va shundan so‘ng 29 noyabr kuni charter yo‘nalish orqali o‘z vatanlariga qaytib ketishadi.      

 

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 11:32, 27.11.2018.
O'qildi: 2173 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.