Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

PFL bosh direktori OCHL taqvimini tuzish komissiyasi yig‘ilishida ishtirok etmoqda

PFL bosh direktori OCHL taqvimini tuzish komissiyasi yig‘ilishida ishtirok etmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, Osiyo Futbol Konfederasiyasi 2019-2020 yillar uchun O‘zbekiston klublariga Osiyo Chempionlar Ligasida 1+2 ko‘rinishida kvotalar taqdim etgan. 

“Lokomotiv” jamoasi mamlakat chempioni sifatida kelasi yili qit’a Chempionlar ligasining guruh bosqichidan ishtirokini boshlaydi. “Paxtakor” va AGMK esa saralash bosqichidan boshlab ushbu nufuzli musobaqada qatnashadi.

Qayd etish joizki, OFK 2021-2022 yillar uchun musobaqa taqvimini ishlab chiqish ishlarini boshlab yubordi.

Bugun Ummon Sultonligi poytaxti Maskat shahrida OCHLda jamoalari ishtirok etuvchi 10 ta etakchi mamlakat – Avstraliya, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Tailand, Eron, Qatar, Saudiya Arabistoni, BAA va O‘zbekiston professional futbol ligalari bosh direktorlaridan iborat maxsus komissiya ish boshladi.

Komissiya 2021-2022 mavsumlar uchun OFK klublar o‘rtasidagi musobaqalari taqvimini tuzish bo‘yicha takliflarni muhokama etadi. Mazkur komissiya yig‘ilishida O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi bosh direktori – Omon G‘ofurov ham ishtirok etmoqda.  

Ta’kidlash joiz, ishchi komissiya a’zolari ertaga Maskatda tashkil etiladigan OFKning yil yakunlariga bag‘ishlangan taqdirlash marosimida ham qatnashishi ko‘zda tutilgan.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 17:59, 27.11.2018.
O'qildi: 1855 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик