Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

CAFA: Tartib-intizom qo‘mitasi O‘zbekiston hamda Eron termasi futbolchilarini jazoladi

CAFA: Tartib-intizom qo‘mitasi O‘zbekiston hamda Eron termasi futbolchilarini jazoladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Ayni kunlarda Toshkent shahrida CAFA ayollar o‘rtasidagi musobaqa davom etayotgani haqida ma’lumot berilgan edi.

27 noyabr kuni ushbu musobaqada 3-tur uchrashuvlari o‘tkazildi. Ushbu turda O‘zbekiston hamda Eron milliy terma jamoalari o‘zaro maydonga tushishdi va uchrashuvda O‘zbekiston termasi raqibini 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv yakunida esa, har ikki terma jamoa a’zolari o‘rtasida ziddiyatli vaziyat yuzaga kelgan.

Ushbu musobaqa Tartib-intizom qo‘mitasi uchrashuv videotasmasini ko‘rib vaziyatni o‘rganib chiqdi hamda har ikkala terma jamoadan bir nafar futbolchini jazoladi. Jumladan, O‘zbekiston terma jamoasining 14-raqamli futbolchisi Rushaniya Safina hamda Eron termasining 9-raqamdagi futbolchisi Zahro Gambari musobaqaning 1-ta uchrashuvga diskvalifikasiya qilinishdi.

Shuningdek, ikki terma jamoa murabbiylar shtabi futbolchilarning tartib va intizomi bo‘yicha musobaqa tartib-intizom qo‘mitasi tomonidan ogohlantirildi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqaning navbatdagi turida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qirg‘iziston bilan, Eron terma jamoasi esa Tojikiston termasi bilan o‘zaro bahs olib boradi.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 03:50, 29.11.2018.
O'qildi: 2781 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик