Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 1-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 3-2 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 3-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Yaponiyalik mutaxassislar o‘zbek futboli haqida qanday fikrda?

Yaponiyalik mutaxassislar o‘zbek futboli haqida qanday fikrda?

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, bugun O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston futbol assosiasiyasining birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov Yaponiyaning «Vanfore Kofu» klubi rahbari, Yaponiya futbol federasiyasi a’zosi Kazuyuki Umino va «Yaponiya-O‘zbekiston» sport va ta’lim bo‘yicha assosiasiyasi raisi, «Paxtakor» va «Buxoro» klubining sobiq futbolchisi Naoya Shibamura bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Mazkur uchrashuvdan so‘ng Milliy olimpiya qo‘mitasi Matbuot va Media departamenti vakillari mutaxassislar fikri bilan qiziqdi.

Kazuyuki Umino: «O‘zbekiston futboli so‘nggi yillarda yaxshigina kuchayishga erishgan. 23 yoshgacha bo‘lgan terma jamoangiz yil boshida Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi. Musobaqa davomida Yaponiya, Janubiy Koreya kabi terma jamoalar mag‘lub etildi. Bu albatta o‘zbek futboli rivojlanib borayotganidan dalolat. Shu ruxda davom etsangiz, O‘zbekiston Osiyoning yetakchi futbol mamlakatiga aylanib oladi.

Kuni kecha «Bunyodkor» akademiyasini borib ko‘rdik. U yerda yaratilgan sharoitlar juda ajoyib. Mana shunday maskanda kuchli futbolchilar yetishib chiqishiga aminman.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov bilan uchrashuv davomida ko‘plab kelishuvga erishdik. E’tiborlisi, «Vanfore Kofu» klubi Yaponiyaning oddiy klubidir. Ammo, shunga qaramay janob Ahmadjonov biz bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini aytib o‘tdi. Bu hamkorlik har ikki tomon uchun manfaatli ekanligini eshitganimdan xursandman.

Hamkorlik qaysi yo‘nalishda olib boriladi? Biz yoshlar futbolida yaqindan hamkorlik qilmoqchimiz. O‘zbekistonlik yosh futbolchilar Yaponiyada, yapon futbolchilar esa bu yerga kelib malaka oshirishlari, tajriba almashishlari mumkin bo‘ladi. Biz nafaqat futbol, balki madaniyat bo‘yicha ham hamkorlikni rivojlantirishni istaymiz. Qolaversa, o‘zbek futbolchilarining Yaponiya klublariga o‘tishini ham istaymiz», – dedi Kazuyuki Umino.

Naoya Shibamura: «O‘zbek futbolidan yorqin xotiralar qolgan. O‘zbekistonlik futbolchilar kuchli hisoblanadilar. Ular yakkakurashlarda yaxshi harakat qiladilar.

Osiyo kubogida O‘zbekiston va Yaponiya qarama-qarshiligi? Ushbu terma jamoalar musobaqada bir guruhdan o‘rin olgani men uchun ahamiyatlidir. Chunki men har ikki mamlakatda ham futbolchi sifatida o‘ynaganman. Bugun terma jamoa safida harakat qilayotgan futbolchilar ichida men «Paxtakor»da birga o‘ynagan sobiq jamoadoshlarim ham bor. Masalan, Yegor Krimesni misol qilib keltirishim mumkin. Har ikki jamoa ham guruhdan chiqadi. Istardimki, ular hal qiluvchi final o‘yinida bahs o‘tkazsinlar», – dedi Naoya Shibamura.

Ma’lumot uchun, Shibamura 2012 yilda Toshkentning «Paxtakor» klubida, 2013 yilda esa «Buxoro» safida harakat qilgan.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 14:44, 29.11.2018.
O'qildi: 3963 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.