Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

APL. «Arsenal» superg‘alabaga erishdi

APL. «Arsenal» superg‘alabaga erishdi

Baho:
+2 | -

Angliya chempionatining 14-turi doirasida markaziy o‘yin bo‘lib o‘tdi. "Arsenal" va "Tottenxem" jamoalari o‘rtasidagi Shimoliy London derbisida muxlislar naq 6ta golga guvoh bo‘lishdi.

"Emireyts" stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvning 10-daqiqasida hisob ochildi. Yan Vertongen o‘z jarima maydonchasi ichida to‘pni qo‘li bilan o‘ynagani uchun belgilangan penaltini Pyer-Emerik Obameyang aniq amalga oshirdi. Shundan so‘ng "kanonirlar" yana kamida 2ta golga tortadigan vaziyat yaratishdi. Ammo mehmonlar himoyachilari va davrozaboni xavfni bartaraf etishga muvaffaq bo‘lishdi.

Navbatdagi daqiqalar "shporlar" uchun juda omadli kechdi. Dastlab jarimadan yetkazilgan uzatmani Erik Dayer bosh bilan darvozga burib yuborgan bo‘lsa, oradan 4 daqiqa o‘tib mezbonlar o‘z jarima maydonchalari ichida Son Xeung Minni yiqitishdi. Xarri Keyn 11 metrli jarima maydonchasidan samarali foydalanib, "Tottenxem"ni hisobda oldinga olib chiqdi. Mazkur 4-5 daqiqa oralig‘ida "Arsenal" haqiqiy nokdaunga tushib qoldi.

Ikkinchi 45 daqiqalikda Unai Emeri jamoasi juda kuchli o‘yin namoyish qilish bilan birgalikda, yaratilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanishdi. Bahsning 56-daqiqasida Belyerin o‘ng qanotdan bergan uzatmani Remzi Obameyangning yo‘liga to‘g‘rilab qo‘ydi. Gabonlik futbolchining zarbasini Lyoris qaytara olmadi.

O‘yin tugashiga 15 daqiqa qolganida mezbonlar endi hisobda oldinga chiqib olishdi. Maydon egalari tezkor hujumga o‘tishdi hamda Remzining uzatmasidan keyin Aleksandr Lyakazett aniq zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi. Oradan 2 daqiqa o‘tib Pyer-Emerik jamoadoshi Torreyrani to‘p bilan ta’minladi. Lukas o‘tkir burchak ostida olis burchakni aniq nishonga oldi.

Ushbu g‘alabadan keyin "Arsenal" ochkolar bo‘yicha "Tottenxem"ga yetib oldi. To‘plar farqi bo‘yicha Emeri jamoasi 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

APL, 14-tur
Arsenal – Tottenxem 4:2 (1:2, 3:0)
Gollar: 1:0 – 10, penalti Obameyang, 1:1 – 30 Dayer, 1:2 – 34, penalti Keyn, 2:2 – 56 Obameyang, 3:2 – 74 Lyakazett, 4:2 – 77 Torreyra.
Arsenal – Leno, Papastatopulos, Xolding, Kolashinas, Mustafi (Genduzi, 71), Mxitaryan (Remzi, 46), Torreyra, Ivobi (Lyakazett, 46), Djaka, Belyerin, Obameyang.
Tottenxem – Lyoris, Vertongen, Devis (Rouz, 82), OrYE, Foyt, Sissoko, Dayer, Eriksen, Alli (Uinks, 79), Son Xin Min (Lukas Moura, 79), Keyn.
Ogohlantirishlar: Vertongen (9), Dayer (32), Mustafi (37), Djaka (49), Alli (65), Torreyra (78), Orye (90).
Chetlatish: Vertongen (85).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:33, 02.12.2018.
O'qildi: 5157 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.