Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
06/12 22:30 Betis 3-5 Barselona
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

La liga. «Atletiko» Kataloniyada ochko yo‘qotdi (video)

La liga. «Atletiko» Kataloniyada ochko yo‘qotdi (video)

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 14-turida "Atletiko" klubi ochko yo‘qotdi. Simeone shogirdlari Kataloniyada "Jirona" jamoasi mehmoni bo‘lib, so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qolishdi.

Birinchi bo‘limda madridliklar nursiz o‘yin namoyish qilishdi. Boz ustiga, taym so‘ngida o‘z darvozalari tomon penalti "ishlashdi". Kristian Stuani 11 metrlik jarima zarbasidan unumli foydalanib, mavsumdagi 11-golini urishga muvaffaq bo‘ldi.

O‘yinning so‘nggi qismi mezbonlar uchun biroz omadsiz kechdi. Dastlab darvozabon Yassin Bunu jarohat olib, maydonni tark etishga majbur bo‘ldi. Bahs tugashiga 8 daqiqa qolganida esa Diyego Kosta tomonidan berilgan zarbani Ramalyo o‘z darvozasiga to‘g‘rilab qo‘ydi — 1:1.

Ushbu durang tufayli "Atletiko" vaqtinchalik bo‘lsa-da jadvalda 1-o‘ringa ko‘tarilib olish imkoniyatidan foydalana olmadi. "Jirona" esa 21 ochko bilan 5-pog‘onaga chiqib oldi.

Ispaniya La ligasi, 14-tur
Jirona – Atletiko 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 45, penalti Stuani, 1:1 – 82, avtogol Ramalyo.
Jirona – Bunu (Iraysos, 72), Ramalyo, Espinosa, Xuanpe, Porro, Pons, Granel, Roberts (Portu, 66), Aleish Garsiya (Fernandes, 83), Garsiya, Stuani.
Atletiko – Oblak, Lyuka Ernandes, Savich, Aryas (Jelson Martinsh, 74), Koke, Saul, Rodri Ernandes (Korrea, 64), Parti, Lemar, Grizmann, Diyego Kosta.
Ogohlantirishlar: Grizmann (17), Koke (41), Parti (72), Diyego Kosta (89), Saul (89).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:40, 02.12.2018.
O'qildi: 2822 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.