Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

Akmal Xolmurodov — «Dinamo»ning 2018 yilgi eng yaxshi futbolchisi!

Akmal Xolmurodov — «Dinamo»ning 2018 yilgi eng yaxshi futbolchisi!

Baho:
+ | -

2018 yilgi mavsumdan so‘ng, o‘tgan ikki hafta davomida «Dinamo» klubi rasmiy saytida muxlislar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazilib, jamoaning bu yilgi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi.

Klub rasmiy saytida «Sizningcha, «Dinamo» jamoasining 2018 yildagi eng yaxshi futbolchisi kim?» so‘rovnomasida eng ko‘p ovoz to‘plagan futbolchi – Akmal Xolmurodov bo‘ldi. Mavsumning ikkinchi qismiga tarkibga qo‘shilgan himoyachi jamoaning himoya qo‘rg‘oni yetakchisi sifatida to‘p surib, muhim gollarga ham mualliflik qildi. «Dinamo» jamoasining turnir jadvalida eng kam gol o‘tkazib yuborgan Pro-Liganing eng yaxshi himoya chizig‘iga ega bo‘lishida Xolmurodovning hissasi katta bo‘ldi. So‘rovnomada Akmal Xolmurodov 133 ta ovoz (38.7%) to‘plab, «Dinamo»ning 2018 yilgi eng yaxshi futbolchisi» nomiga loyiq ko‘rildi.

Ikkinchi o‘rindan jamoa yarimhimoyachisi Jasur Azimov joy oldi. Samarqandlik futbolchiga 129 ta (37.5%) ovoz berildi. Azimov ham mavsum davomida «Dinamo»ning faol futbolchilaridan biri sifatida to‘p surib, jamoaning g‘alabalariga munosib hissa qo‘shdi. Qayd etish kerak, Azimov 2017 yilda «Dinamo»ning eng yaxshi futbolchisi» deb topilgandi.

So‘rovnomada uchinchi o‘rindan28 (8.1%) ovoz bilan Ilhom Yunusov o‘rin olgan. Samarqandlik tajribali yarimhimoyachi mavsum davomida jamoadoshlariga namuna bo‘la oldi va bir qator o‘yinlarda muhim gollari bilan jamoaga naf keltirdi.

Shuningdek, muxlislar yil davomida yaxshi o‘yinlari bilan yodda qolgan Damir Temirov 24 (7%), Otabek Narzullayev 18 (5.2%), Shohruh Eshbo‘tayevlarga 12 ta ovoz (3.5%) berishgan. So‘rovnomada jami 344 ta ovoz berilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2007 yildan buyon klub matbuot xizmati tomonidan so‘rovnoma orqali aniqlanib kelinayotgan «Dinamo»ning «mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi» nomiga quyidagi futbolchilar loyiq ko‘rilgan:

«Dinamo»ning «yil futbolchisi» nominasiyasi g‘oliblari:

2007 yil – Farhod Tojiyev

2008 yil – Ilyos Qurbonov

2009 yil – Bahodir Nasimov

2010 yil – Ilhom Yunusov

2011 yil – [Devid Oniya]

2012 yil – Ivan Nagayev

2013 yil – Andrey Melnichuk

2014 yil – Andrey Melnichuk.

2015 yil – Kamoliddin Murzoyev.

2016 yil – Amirjon Safarov.

2017 yil – Jasur Azimov.

2018 yil – Akmal Xolmurodov.

«Dinamo» klubi matbuot xizmati.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 17:58, 05.12.2018.
O'qildi: 2613 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.