Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

PFL «So‘g‘diyona» futbol klubini ogohlantirdi

PFL «So‘g‘diyona» futbol klubini ogohlantirdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Professional futbol ligasi “So‘g‘diyona” futbol klubi bosh murabbiy Sergey Lushchan bilan shartnomani uzaytirishi borasidagi xabarlar paydo bo‘lganidan kelib chiqib, quyidagilarni ma’lum qiladi va klubni rasman ogohlantiradi.

1) Sergey Lushchan ayni vaqtda “Bunyodkor” futbol klubi bilan sudlashayotganidan va bu ishni O‘FAni chetlab o‘tib, boshqa organga oshirganidan kelib chiqib, rasman tushuntirish berishi kerak bo‘ladi. Yo‘qsa, PFL mazkur ishni O‘FA ijroqo‘mi byurosiga qadar oshirib, FIFA nizomlariga zid harakati uchun Lushchanni O‘zbekistonda faoliyat olib borishini cheklash bo‘yicha ish ochishni so‘raydi.

2) Sergey Lushchan “Bunyodkor” klubi bilan shartnoma tuzayotgan vaqtida ayrim qonun hujjatlariga zid keluvchi holatlarga yo‘l qo‘ygan bo‘lishi mumkin. “Bunyodkor” futbol klubining mazkur shubhasi o‘z tasdig‘ini topsa, har ikki tomon bu masala yuzasidan tegishli organlar oldida javob berishi kerak bo‘ladi.

3) “So‘g‘diyona” futbol klubining Professional futbol ligasi oldida qarzdorligi mavjud. 2019 yilgi mavsum uchun klublarni lisenziyadan o‘tkazish reglamenti allaqachon “So‘g‘diyona” klubiga elektron shaklda jo‘natildi va PFL rasmiy saytida e’lon qilindi. Demak, qarzdorligi mavjud klublar transfer oynasida faol bo‘la olmaydi. Bu holat bosh murabbiylar bilan tuziladigan shartnomalarga ta’luqlidir.

“So‘g‘diyona” futbol klubi yuqoridagilarni inobatga olib, barcha ish risoladagidek bo‘lishini ta’minlashi so‘raladi. Yo‘qsa, klub va murabbiy o‘rtasida tuzilgan shartnoma PFL tomonidan tan olinmaydi.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 18:03, 06.12.2018.
O'qildi: 3735 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик