Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Kuper tog‘a — «Super» tog‘ami?!

Kuper tog‘a — «Super» tog‘ami?!

Baho:
+1 | -

Osiyo kubogi boshlanishiga ham oz vaqt qolmoqda. Termamizning ishlari esa ko‘ngildagidek deyishga til bormaydi. Bilmadim, balki optimistik ruh yetishmayotgandur menga. Ayniqsa, Livan bilan o‘yinni tomosha qilgandan so‘ng qandaydir ishonchsizlik paydo bo‘ldi. Bilasizmi, Janubiy Korea bilan o‘yin haqida esa to‘xtalgim ham kelmayapti… Eng alam qiladigan narsa shuki: Jamoamiz o‘yinida hech qanday yangi ruhiyat ko‘rinmayapti. Keling, tan olaylik, «nimadir» qo‘shilmagan. Faqat himoya bilan biron narsaga erishish qiyinroq, chamamda. Bizning futbolchilar Osiyoda o‘zlarining texnikasi bilan ajralib turishgan. Bizda «atlet» futbolchilar deyarli yo‘q hisob… Lekin o‘rtoqlik o‘yinlari ko‘rsatib turibdi-ki, ehtiyotkor va himoyaviy o‘yin namoish etilmoqda. Bunga birdan ko‘nikish qiyindek go‘yo, lekin na iloj? Keling ikkita murabbiyimizning qo‘l ostidagi o‘yinlarni eslaymiz.

Rauf Inileev

O‘zbekiston termasi bu murabbiy qo‘l ostida Toshketda o‘sha paytlari Saudiya Arabistonini 3:0 hisobida yengib ancha shov-shuv ko‘targan edi. Umuman, Rauf Talgatovich qo‘l ostida natijalar kam bo‘lsa ham, lekin judayam chiroyli o‘yin namoish etgan edik. O‘sha paytlari Saudiya hozirgidan anchga kuchli bo‘lganini hisobga olsak, o‘sha paytdagi darajamiz kuchli bo‘lganidan dalolat.

Vadim Abramov

Albatta, hozirgacha bu murabbiyni tarafdorlari yurtimizda talaygina. Futbolimizda burulish yasagan, uyqudagi «Oq bo‘rilarni» uyg‘ota olgan murabbiy edi u. Uning qo‘lostidagi bitta o‘yinni eslab o‘tamiz. Esingizda bo‘lsa, Toshkentta Yaponiya bilan o‘yinda 1:1 qayd etgan edik. Bu o‘yinning natijasi emas, shiddatini yodingizga solmoqchimiz. O‘sha uchrashuvda jamoamiz shu qadar «dominirovat» qilgandiki, natijada o‘yin tugagach, butun stadion «samuraylar» bilan durangdan norozi bo‘lib ketgan edi. Men o‘zim o‘sha o‘yinni stadiondan kuzatgan edim. Yaponlar o‘yin so‘ngida himoyadan chiqa olmay, to‘pni tepib yuborishar, natijaga o‘ynashga urinishardi. Ularni Osiyoda bunchalar qiynalganini boshqa ko‘rmadim. Keyinchalik Yaponiyadagi o‘yinda Abramov jamoasi Toshkentga g‘alaba bilan qaytganini ko‘pchilik yahshi eslasa kerak.

Kuper tog‘a
Hozircha Kuper tog‘aning uslubi ko‘rinmayapti. Qatar bilan bo‘lgan o‘yinda esa yulduzlarimiz o‘yinni o‘zlariga olib g‘alabani taqdim etishdi. Boshqa yorqin o‘yin hali namoish etilganicha yo‘q. Mayli, sabr bilan kutamiz. Bizda boshqa variant ham yo‘q. Xayrullo Hamidov aytganidek: «Uning kuchiga Osiyo kubogidan so‘ng baho beramiz».

Kuper tog‘a, sizdan umidimiz katta! O‘zbek xalqi futbolsevar xalq, bu xalq mag‘lubiyatlardan charchadi. Sizdan iltimos, muxlislarni yana futbolga qaytaring! Buning uchun esa yorqin g‘alaba va chiroyli o‘yin ko‘rsatishingiz kerak! Esingizdan chiqmasin, millionlab qora ko‘z sizdan umidvor!

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev

Manba: www.stadion.uz.

Вақт — олий ҳакам!

Kiritildi: 09:01, 08.12.2018.
O'qildi: 9121 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.