Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

«Bunyodkor». Mavsum yakunlari xaqida

«Bunyodkor». Mavsum yakunlari xaqida

Baho:
+ | -

Keling yakuniga yetgan mavsumda "Bunyodkor" klubi qanday natijalar qayd etganiga bir e’tibor qaratsak.

Mavsum davomida sovrinli o‘rinlar  uchun kurash olib borgan Mirjalol Qosimov shogirdlari ushbu mavsumni turli sabablarga ko‘ra to‘rtinchi o‘rinda yakunladi. 32 ta tur o‘yinida maydonga tushgan "qaldirg‘ochlar" jami 61 ochko jamg‘arishdi.

Raqiblar darvozasini 46 bor ishg‘ol qilgan jamoamiz a’zolari, o‘z darvozalaridan 38 marta to‘p olib chiqishga majbur bo‘lishdi. Har bir o‘yinda o‘rtacha 1.44 ta gol urildi.

32 o‘yindan 8 tasida "Bunyodkor" a’zolari o‘z darvozasi dahlsizligini ta’minlay olishdi. 6 o‘yinda esa raqiblar darvozasiga yo‘l topa olmadik.

Hakamlar 61 marta futbolchilarimizni ogohlantirishdi va uch marta "qaldirg‘ochlar"ni maydondan chetlatishdi.

Mirjalol Qosimov chempionat davomida 25 nafar futbolchi xizmatidan foydalandi. Ulardan bir nafari - Filip Rayevas legioner futbolchi, qolgan futbolchilarning barchasi mahalliy futbolchilar hisoblanadi. Klub futbolchilarining o‘rtacha yoshi 24.8 yosh. "Bunyodkor" safida harakat qilgan futbolchilardan eng yoshi kattasi Anvar G‘ofurov - 36  yosh (14.05.1982). Shuningdek, "Bunyodkor" a’zosi Jasur Jaloliddinov nafaqat klubimiz safida to‘p surgan eng yosh futbolchi, shu bilan birga chempionat tarixida debyut qilgan eng yosh futbolchi sifatida qay etildi. Chempionatning "Qo‘qon-1912" ga qarshi 20-turida maydonga chiqqanida Jasur Jaloliddinov 16 yosh 80 kunlik edi.

Jamoa a’zosi Murodjon Toshmatov o‘tgan 32 o‘yinning barchasida maydonga tushgan yagona futbolchi hisoblanadi. U chempionat daovmida 2646 daqiqa maydonda harakat qilgan.

Jamoamiz sardori Javlon Ibrohimov tarkibimizdagi hakamlar tomonidan eng ko‘p ogohlantirilgan (9 ta sariq kartochka) futbolchi bo‘lish bilan birga, "Bunyodkor"ning 2018 yildagi to‘purari (11 gol) bo‘lishga ham muvaffaq bo‘ldi.

"Bunyodkor" ushbu mavsumda eng yirik hisobda "Nasaf"ni mag‘lub etdi - 4-1 va eng yirik mag‘lubiyat "Paxtakor"dan qabul qilindi 0-4.

Muxlislar tashrifi borasida ham bu mavsum o‘tgan yilgiga qaraganda "Bunyodkor"da o‘sish kuzatilganini qayd etish lozim.  Jamoamiz o‘yinlariga jami 309050 tomoshabin tashrif buyurdi. Bu o‘rtacha har bir o‘yinni stadiondan bevosita kuzatish uchun  9658 tomshabin tashrif buyurdi degani.

Yuqoridagi statistikadan ko‘rinib turibdiki, Mirjalol Qosimov shogirdlari o‘z an’analariga sodiq qolgan holda ortda qolgan mavsum davomida klub va uning atrofida ro‘y bergan turli voqelarga qaramasdan  sovrinli o‘rinlar uchun astoydil kurash olib bordi. Shuni ishonch bilan ta’kidlaymizki, yangi mavsumda ham "qaldirg‘ochlar" yuksak marralar va sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradi hamda o‘z o‘yinlari bilan muxlislarni xursand qilishda davom etadi.

Zero, "Bunyodkor" har doim muxlislar uchun o‘ynaydi!!!

Manba: www.bunyodkor.com
Kiritildi: 21:04, 08.12.2018.
O'qildi: 2204 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.