Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo 1-2 Elche
26/04 21:00 Torino 2-2 Inter
26/04 21:30 Osasuna 2-1 Sevilya
26/04 23:45 Milan 0-0 Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

Modrich: «Boshqalar ham bu sovringa munosib edilar»

Modrich: «Boshqalar ham bu sovringa munosib edilar»

Baho:
+ | -

2018 yilgi “Oltin to‘p” sohibi Luka Modrich bu sovrinni boshqa futbolchilar ham olishga loyiq ekani haqida gapirdi.

“Avval aytganimdek, FIFAning yil o‘yinchisi bo‘ldim, barcha shaxsiy sovrinlarimni xursandchilik bilan jahon chempionligiga almashtirgan bo‘lardim.

Afsuski, hammasi boshqacha kechdi, ammo Xorvatiyadek kichik davlatning finalga chiqishi katta voqea. Messi va Ronaldu oxirgi 10 yilda aql bovar qilmas natijalarga erishdilar.

Boshqalar ham bu sovringa munosib edilar: Xavi, Inyesta, Sneyder... Bu yutug‘imni ularga ham bag‘ishlayman. Menga yordam bergan barchaga — «Real» klubi va Xorvatiya terma jamoasida faoliyat yuritayotgan hammaga minnatdorchilik bildiraman.

Yaqinlarimni, turmush o‘rtog‘im va farzandlarimni tabriklayman. Yoshlik paytimda buyuk jamoada o‘ynashni orzu qilgandim, ammo «Oltin to‘p» men uchun katta sharaf. Bu g‘aroyib. Faqatgina Ronaldu va Messidan keyin bu sovrinni yutganim uchun emas.

Uning uchun kurashda iqtidorli futbolchilar ko‘p edi. «Oltin to‘p» menga nasib qildimi, demak qandaydir g‘aroyib ishni amalga oshirdim. Buyuk futbolchilar orasida bo‘lish men uchun katta sharaf”, deydi Modrich.

Manba: Stadion
Kiritildi: 00:52, 10.12.2018.
O'qildi: 3645 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик