Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo 1-2 Elche
26/04 21:00 Torino 2-2 Inter
26/04 21:30 Osasuna 2-1 Sevilya
26/04 23:45 Milan 0-0 Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-0 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 0-0 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf

Ronaldu: «Real» qarshimizdan chiqsa, bor mahoratimni ishga solaman»

Ronaldu: «Real» qarshimizdan chiqsa, bor mahoratimni ishga solaman»

Baho:
+ | -

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu hozirgi jamoasi va sobiq klubi «Real»dagi muhit o‘rtasidagi farqlar haqida gapirib berdi.

«Aytishim mumkinki, men hech qachon bu yerdagidek ahil jamoadoshlar davrasida bo‘lmaganman. Bu yerda biz – bir jamoamiz.

Boshqa klublarda ba’zi o‘yinchilar o‘zlarini boshqalardan yuqoriroq deb his qiladi. Bu yerda esa hamma bir chiziqda joylashgan: bizda barchasi oddiygina.

Dibala yoki Manjukich gol ura olmasalar ham baribir xursand bo‘lib, ko‘tarinki kayfiyatni saqlab qolishadi. Menimcha, bu – juda ajoyib. Shu tomondan farqni ko‘ryapman.

Ronaldu: «Messini sog‘indimmi? Yo‘q, aksincha – u meni sog‘ingan bo‘lsa kerak!» 

Real»da ham kamtar futbolchilar jamlanishgan, ammo... bu jihatni «Yuventus»da ko‘proq his etyapman. Klubdagi hamma narsa «Real»dagidan farq qiladi. Bir oiladek bo‘lish hissi bu yerda kuchliroq.

Tarix ortda qoldi. Endi mep «Yuventus» bilan g‘alabalarga erishishni, shu klub sharafini himoya qilishni istayapman. Qolgani muhim emas. Agar «Real» bilan to‘qnash kelsak ham, bor kuchim bilan harakat qilaman.

Yangi o‘yinchilar? Xames, Beyl va Asensio haqida yozishayotganiga ko‘zim tushdi, lekin ochig‘ini aytganda «Yuventus»ga yangi futbolchi shart emas. Qolganini prezidentdan so‘raganingiz ma’qul», - degan Ronaldudan iqtibos keltirdi La Gazzetta dello Sport.

Manba: www.tribuna.uz
Kiritildi: 16:53, 10.12.2018.
O'qildi: 13921 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик