Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Lionel Messining 11 avtomobili (fotogalereya)

Lionel Messining 11 avtomobili (fotogalereya)

Baho:
+ | -1

32 mln. YEVROli FERRARIdan tortib, TOYOTO PRIUSgacha.

Yaqinda saytimizda Krishtianu Ronalduning mashinalari joylangan fotogalereyani taqdim qilgandik. Mazkur havola muxlislarimizga yoqib tushdi va juda ko‘pchilik bu maqolani o‘qib chiqdi.

Shuni inobatga olgan holda bugun e’tiboringizga portugaliyalik futbolchining prisipial raqibi Lineol Messining ham avtomobillari fotogalereyasini taqdim etamiz.

Ferrari 335 S Srider SCaGlietti

Eng qiziq faktga e’tibor qarating: agar Messi «yangigina» Ferrarisini sotishga qaror qilsa, olingan mablag‘ Ronalduning butun avtoparkini 3 marta xarid qilishga yetadi.

Ya’ni bu pulga Ronaldu avtoparkidan to‘liq 3tasini sotib olishi mumkin. Aslida Leo bungacha 400000 dollardan qimmat turuvchi birorta avtomobil xarid qilgan emasdi. Endi esa birdaniga shunday qimmatbaho «toychoq» uning mulkiga aylandi.

Lexus IS-F

Leo «quvvatlantirilgan», sig‘imi besh litrli Lexusni ancha oldin sotib olgan. Yengil sedan 423 ot kuchiga ega. Hujumchi uni xarid qilgan payt narxi 75000 dollardan boshlangan edi. Leo uchun arzimas xarajat.

Ferrari F430 Spider

Aslida bazaviy yig‘iladigan bunday Ferrari uchun 190 ming dollar to‘lash kifoya qiladi. Lekin Messi mashinaga yana 1-2ta qo‘shimcha funksiyalar qo‘shishlarini so‘radi.

Xususan, avtomobil maxsus kamyob rang (kulrang) bilan bo‘yaldi va uning narxi 250 ming dollarga ko‘tarildi. Ushbu «toychoq» atigi 4 soniyada 100 kilometr|soat tezligini olishi mumkin.

Maksimal sur’ati esa 315 kilometr|soatga teng. E’tiborlisi, bu Leoning yangi xaridi ko‘rsatkichidan 15 kilometr|soatga balandroqdir. Ha, oradan yarim asr o‘tibdiki, avtomobillar sur’atida uncha o‘zgarish yo‘q.

Maserati Granturismo MCStraBale

Leo xarid qilgan vaqt ushbu avtomobil «Eng tez Maserati» maqomiga ega edi. Kapoti ichida 4,7 litr sig‘imli motor, V shaklidagi silindr joylashgan. Bu unga 450 ot kuchini beradi.

To‘g‘ri, Messi yaqinda ushbu «chopqir»ni yaqin do‘stiga sovg‘a qildi. Go‘yoki, xotini Leoning unda sur’atni oshirib, falokatga uchrashidan xavotirlangan ekan. Vaholanki, futbolchi 4 yil davomida bu avtodan biror marta foydalanmagandi. Ha, xotini yo‘l qo‘ymagan bo‘lsa, kerak-da.

Dodge Charger SRT8

Klassik «amerikalik» yorqin qizil rangda. Motori katta, ot kuchi zo‘r (470ta), bahosi ham chakki emas - 80000 dollar. To‘g‘ri, bir tomoni bor, kichik jussali Messini bunday ulkan mashinada tasavvur qilish sal qiyinroq-da.

Toyota Prius

Futbolchining shaxsiy kolleksiyasidagi eng qiziqarli ulov. Argentinalik uni sotib olmagan, balki «Toyota» kompaniyasidan sovg‘a sifatida olgan. Ushbu avtoning narxi 20 ming dollarga teng. Prius elektromobil bo‘lib, dizayni uncha yaxshi emas.

Shu tufayli ko‘pincha kalaka ostiga olinadi. Endi tasavvur qiling, kulrang Prius (Messi undan loaqal bir martagina ham foydalanmagan bo‘lsa kerak) va yorqin qizil tusli Ferrari 335 S Srider Scaglietti bir joyda qanday ko‘rinadi? Deylik, Leo bitta shunday Ferrari  o‘rniga 1800ta Prius sotib olishi mumkin edi.

Audi R8 GI

Audi R8ning nisbatan takomishlashtirilgan varianti. Uning start tezligi kishini hayratga soladi - 3,6 soniyada «100»ga chiqadi. Umuman, ushbu superkar Leo garajidagi eng qimmatbaho mashina hisoblanardi -narxi 400 ming dollar.

Audi R8

Messi garajidagi 3ta «Audi»dan biri. Ularning sonidan ortiqcha hayratlanmaslik lozim. Axir Germaniya konserni «Barselona»ning homiysi hisoblanadi.

R8 yoki oddiy aytganda, «Kambag‘allar uchun «lamborgini» atigi 4 soniyada 100 kilometr|soat tezligini olishi mumkin. Narxi ham binoyidek - chamasi 200000 ming dollar.

Mini Cooper Scabriolet

Argentinalikning ilk mashinalaridan biri. Kichik klassik inglizcha avto «Barselona» hujumchisini qulayligi bilan qiziqtirgan. Mini kamtarin o‘lchamiga qaramay, 220 kilometr|soatgacha tezlik olishi mumkin.

Barselonaning tirband yo‘llarida aynan shunday mitti «toychoq»lar qo‘l keladi. Uning ochiq tomi esa quyosh nuridan bahra olishni ta’minlaydi.

Audi Q7

Audidan oppoq jip. Messi oilasi, ya’ni xotini Antonella, o‘g‘illari Tyago va Mateo bilan ko‘pincha aynan Audi Q7da sayrga chiqadi. Xullas, ulkan oilaviy ulov.

Range Rover Vogue

Leo ixtiyoridagi eng yangi modellardan biri. Futbolchi undan asosan kundalik yumushlarida foydalanadi. Bunda hech qanday g‘ayritabiiy tomoni yo‘q.

Zero, Voguening oxirgi avlod rusumiga nisbatan «Tarixdagi eng qulay avtomobil», deya ta’rif berishyapti. Haydovchi orqa o‘rindiqqa o‘tib, bemalol dam olishi yoki boshqaruv rulini qo‘lga olib, trassada «uchishi» ham mumkin.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 10:33, 12.12.2018.
O'qildi: 22871 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.