Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

O‘zimizning «Paxtakor»ni qaytaring! (foto+video)

O‘zimizning «Paxtakor»ni qaytaring! (foto+video)

Baho:
+2 | -

Bugun internetda bir ma’lumotni qidirib, ko‘zim mana ushbu rasmga tushib qoldi. Yuragim jiz etgandek bo‘ldi...

Esimda... Dadam bilan «Paxtakor» - «Nisa» jamoalari o‘yiniga tushgan edik. O‘shanda «Paxtakor» yirik hisobda g‘alaba qozongan edi. Yosh bola bo‘lishimga qaramasdan futbolga juda ham qiziqar edim. Xoh ishoning, xoh ishonmang, stadiondagi atmosfera shundoqqina ko‘z oldimda turibdi. Maydon deyarli liq to‘lgan edi. To‘g‘risi, haligacha o‘sha o‘yin haqida eslasam yuragim hapqirib ketadi. Hozirgi «Paxtakor»ga qarab esa yuragim eziladi. Bilmadim, bilmadim, o‘sha paytlar OCHL o‘yinlarida «Paxtakor» stadionida doim anshlag bo‘lar, biron marotaba muxlislar «Paxtakor»ni yolg‘iz qoldirishmasdi. Hattoki, o‘sha «Bunyodkor» jamoasining braziliyalik yulduzlari bilan ham joyi kelganda tengma-teng olishib kelgan jamoa ediku!

Yana bir o‘yinni eslasak... «MHSK» stadioni. Odamlar bilan to‘lgan stadionda «Bunyodkor» «Paxtakor»ni qabul qilmoqda. O‘yin tugashiga chamasi 10 daqiqalar qolgandi. Hisobda «Bunyodkor» oldinda borar. Stadion esa to‘liq «Paxtakor»ga muxlislik qilardi. Ishoning, «Bunyodkor» o‘sha payt «sherlar»dan ancha kuchli edi. Lekin «Paxtakor»ning oriyati undan ham kuchlilik qildi. Va Zayniddin Tojiyev o‘yin tugashiga 2 daqiqa qolganda hisobni tenglashtirdi. Ana o‘shanda butun stadion oyoqqa qalqigan edi. Men uchrashuvni stadiondan kuzatgandim. O‘shanda «Bunyodkor» fan klubidan tashqari hamma qiyqirib yuborgandi, men esa chin yuragimdan sezgan edim - xalqimizning qanchalar «Paxtakor»ni sevishini! Moliyaviy baquvvat raqibi oldida xalq hech ham «Paxtakor»ni yolg‘iz qoldirmasdi u paytlar...



Men yaqin o‘tmishni qo‘msayman... Aniq esimda 2003-2004 yilgi mavsum so‘ngida «sherlar» jamoasi Osiyo qit’asida klublar reytingida birinchi o‘rinda borardi. Jamoa hech qachon ichki chempionat o‘yinlaridagi g‘alabalarida hech kimda shubha qoldirmasdi. Toshkentda esa deyarli hech kimga yengilmas edi. OCHL yarim finalida «Bektero Sasana» jamoasini qanday ahvolga solganini yoshi katta muxlislar yaxshi eslashadi. O‘sha barchamiz ishongan «Paxtakor» jamoasini juda ham sog‘inyapman. Mening Humoyun ismli ukam bor. U hozirgacha «Paxtakor»ning ashaddiy muxlisi. Hatto u ham tobora «Xalq jamoasi»dan sovub borayotganini tez-tez aytmoqda. Bu esa shonli jamoamiz obro‘sini tobora to‘kilib borayotganiga, humoyunlarning kamayib ketayotganidan dalolatdir.

Bir eslang, bu jamoa o‘z davrida Urugvay termasini ortiqcha qiyinchiliksiz yenggan, o‘z tarixiga, muxlislariga ega yaxlit bir kuch edi. Osiyoning har qanday jamoasini «Xalq jamoa»mizning oldida oyoqlari qaltirab qolardi. «Paxtakor» ota-bobolarimiz ardoqlab kelgan, ulardan bizga qolgan futbol durdonasi edi. Ming afsuslar bo‘lsinki, kelishilgan o‘yinlaru g‘irrom transferlar, cho‘ntagini qappaytirish uchun yurtimizga chetdan kelgan boshqa millat vakillari bu jamoaning biz uchun qanchalar qadrli ekanligini qayerdan ham bilishsin?! To‘g‘ri, futbol biznes bilan chambarchas bog‘liq. Lekin hayotda pul bilan sotib olib bo‘lmaydigan narsalardan biri bu - muxlislar muhabbati va ishonchi. «Paxtakor» jamoasi o‘zbek xalqining erkatoy farzandi ekanligini tushuna oladigan mutaxassislar klub boshqaruviga kelmagunicha bu jamoa suv ostiga cho‘kishda davom etaveradi.

So‘nggi so‘z: Mana shu videoni albatta ko‘ring! O‘sha davrlarni bir eslang...!



Yahyoxo‘ja ULUG‘XO‘JAYEV

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 09:40, 13.12.2018.
O'qildi: 9350 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.