Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Osiyo Kubogi – 2019. Yaponiya kengaytirilgan tarkibini e’lon qildi

Osiyo Kubogi – 2019. Yaponiya kengaytirilgan tarkibini e’lon qildi

Baho:
+ | -
Osiyo Kubogi - 2019 musobaqasidagi raqibimiz Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xajime Moriyasu kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi. Yaponiya terma jamoasi Osiyo Kubogini 4 marta qo‘lga kiritgan bo‘lib, navbatdagi musobaqaga ham jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. 

"BAAdagi Osiyo Kubogida g‘alaba qozonib, bosh sovrinni Yaponiyaga qaytarishga harakat qilamiz. 2015 yilda buni uddalay olmagandik. Musobaqada g‘olib chiqish uchun 7ta o‘yin o‘tkazish kerak. O‘yindan o‘yinga kuchayib borishga intilamiz. Terma jamoaning asosiy tarkibini shakllanitirish menga katta qiyinchilik tug‘dirdi. Ko‘plab futbolchilarimizda jarohat bor edi. Ayni paytda eng yaxshi sport formasida bo‘lib turgan futbolchilarni terma jamoaga jalb qilishga harakat qildim. Bir tomondan Rossiyadagi mundialda qatnashgan tajribali futbolchilar xizmatidan foydalanishni istadim, boshqa tomondan esa yosh futbolchilarga ham imkon berishga harakat qildim. Bizga qarshi barcha raqiblarimiz katta kuch bilan maydonga tushishadi. Shu sababli biz ulardan zo‘rroq bo‘lishga harakat qilishimiz kerak", - deya o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi Xajime Moriyasu.
Kengaytirilgan tarkibdan quyidagi futbolchilar joy olishdi: 

 

Darvozabonlar: Daniel Shmidt (“Vegalta Sendai”) Shuichi Gonda (“Sagan Tosu”) Masaaki Xigashiguchi (“Gamba Osaka”).   Himoyachilar: Tomoaki Makino (“Urawa Reds”) Sho Sasaki (“Sanfrecce Hiroshima”)  Xiroki Sakai (“Marseille”) Genta Miura (“Gamba Osaka”) Sei Muroya (“FC Tokyo”) Maya Yoshida (“Southampton”) Takaxiro Tomiyasu (“Sint-Truiden”) Yuto Nagatomo (“Galatasaray”)   Yarim himoyachilar: Vataru Endi (“Sint-Truiden”) Toshixiro Aoyama (SanfrecceHiroshima) Shoya Nakajima (“Portimonense”) Takumi Minamino (“Salzburg”) Gaku Shibasaki (“Getafe”) Xidemasa Morita (“Kawasaki Frontale”) Risu Doan (“Groningen”) Genki Xaraguchi (“Hannover”) Junya Ito (“Kashiwa Reysol”)   Hujumchilar: Takuma Asano (“Hannover”) Yuya Osako (“Werder Bremen”) Koya Kitagava (“Shimizu S-Pulse”)   Bosh murabbiy: Xajime Moriyasu    Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston MTJ Osiyo Kubogida «F» guruhida Yaponiya, Ummon va Turkmanistonga qarshi bahs olib boradi. 
Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 16:32, 14.12.2018.
O'qildi: 4121 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.