Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 1-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 3-2 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 3-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Bahrom Norsafarov: «Tokio-2020 olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun astoyidil harakat qilamiz»

Bahrom Norsafarov: «Tokio-2020 olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun astoyidil harakat qilamiz»

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar
O‘zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi 15-21 dekabr kunlari Toshkentda yig‘in o‘tkazishi haqida avval xabar berib o‘tgandik.  Bugun yig‘inning birinchi kunida terma jamoa bosh murabbiyi Bahrom Norsafarov O‘FA Matbuot xizmatiga Olimpiya terma jamoasi oldiga qo‘yilgan vazifalar, kelgusi rejalar va yaratib berilayotgan shart-sharoitlar haqida o‘z fikrlarini ma’lum qildi.

Rahbariyat e’tibori haqida...

“Toshkentda ayollar terma jamoalari o‘rtasidagi CAFA musobaqasida muvaffaqiyatli qatnashib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdik. Bu turnir qizlarimizga katta foyda berdi. Endilikda bor e’tiborni Tokio-2020 olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishga qaratganmiz. Ochig‘ini aytaman, avvallari menda xavotir bor edi. Olimpiadaga yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun shunga yarasha e’tibor, shart-sharoit yaratish zarur edi. Hozirga kelib O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan bu yo‘nalishda juda katta ishlar amalga oshirilmoqda. O‘FA 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov CAFA musobaqasi taqdirlash marosimiga tashrif buyurganda, erkaklar qatorida ayollar olimpiya terma jamoasi ham Tokio-2020 yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi kerakligi, buning uchun O‘FA tomonidan barcha zarur sharoitlar yaratilishi haqida aytib o‘tdi. Haqiqatan ham, hozirda bizga tayyorgarlik uchun hamma so‘ragan sharoitlarimizni muhayo qilishyapti. 

CAFA musobaqasidan keyin O‘FAda ayollar terma jamoasi masalasida 3 marta yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishlar davomida bizning talablarimiz tinglanib, ularni amalga oshirish bo‘yicha tegishli boshqarma va bo‘limlarga topshiriqlar berildi. Hozirda terma jamoamizga alohida fitnes murabbiyi ajratildi. U futbolchi qizlar bilan jismoniy holatni yaxshilash bo‘yicha ish olib boradi. Shuningdek, yig‘in davomida futbolchilarning rasioniga ham katta ahamiyat qaratilyapti. Shifokorlar bilan maslahatlashib terma jamoa a’zolari uchun alohida rasion ishlab chiqdik. Bu narsa futbolchi qizlarimizning mashg‘ulotlarda faol qatnashishlariga yordam beradi. 

Rahbariyatning bunday e’tibori qizlarni ham ruhlantirib yuborgan. Ularning ko‘zida katta ishtiyoqni ko‘ryapman. Avvallari, biz yig‘inlar davomida ularga uy vazifasi sifatida topshiriqlar berardik. Ammo keyingi yig‘inlargacha barcha terma jamoa a’zolari ham bu topshiriqlarni sidqidildan bajarishmas edi. Bugun esa o‘tgan vaqt davomida berilgan barcha vazifalarimizni astoyidil bajarishganiga guvoh bo‘ldim. Bu quvonarli albatta".
  Tarkib haqida...

“Kengaytirilgan tarkibimizda  72 nafar futbolchi qizlar bor. Biz ularni doimo nazorat qilib borishga harakat qilamiz. Bugun boshlangan yig‘inga 23 nafar futbolchini taklif qilganmiz. Yig‘in davomida ularning ichidan eng saralarini tanlab olamiz. Biz ko‘proq yoshlarga e’tibor qaratyapmiz. Chunki Tokio-2020dan keyin Jahon chempionati musobaqasi ham bor. Maqsadimiz, Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritish bilan cheklanib qolish emas. Hozirda shakllanib borayotgan tarkib bilan Jahon chempionatida ham munosib ishtirok etmoqchimiz. Shu bois hozirda asosiy tarkibning 80 foizi yoshlar bo‘lishiga e’tibor beryapmiz”.

To‘rt asosiy jihat

“Futbolchilarni saralab olishda 4ta asosiy jihatga e’tibor qaratyapmiz: ularning jismoniy holati, texnik-taktik ko‘rsatkichi, futbol falsafamizni tushunishi va intizomi. Mana shu to‘rt yo‘nalishda bizning talabimizga javob beradigan futbolchilarni tarkibga jalb qilamiz. Raqobat juda kuchli. Aytib o‘tish kerakki, birinchi marta turli pozisiyalarda bunaqa kuchli raqobatni kuzatyapman. Bu ham bo‘lsa terma jamoamizning asosiy tarkibini shakllantirishga katta yordam beradi”.

Rejalar...

“21 dekabrga qadar Toshkentda yig‘in o‘tkazamiz. Keyin yanvar oyida yana ikkita yig‘inimiz bor: 5-11 va 20-30 yanvar kunlari. Bu yig‘inlar davomida asosan futbolchi qizlarning jismoniy holati ustida ishlaymiz. Fevralda yana yig‘in tashkil etamiz. Yig‘indan so‘ng xalqaro musobaqada qatnashish rejamiz bor. Fevral oyida Turkiyada ayollar o‘rtasida xalqaro musobaqa tashkil etiladi. Ana shu musobaqada qatnashish bo‘yicha muzokaralar olib borilyapti. Martda esa bir qator nazorat va o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazishni maqsad qilganmiz. Bu chora-tadbirlarning barchasi olimpiya terma jamoamizning asosini shakllantirishga qaratilgan. Umid qilib qolamanki, bu sa’y-harakatlar albatta o‘z samarasini beradi. Biz Tokio-2020 yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun astoyidil harakat qilamiz” Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi kelasi yilning aprel oyida Tokio-2020 olimpiada saralashining 2-bosqichida ishtirok etadi. 2-bosqich saralash bahslariga 2019 yilning 13 fevral kuni qur’a tashlanadi.  
Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 19:49, 15.12.2018.
O'qildi: 1734 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.