Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:45 Brayton 2-1 Liverpul
21/03 18:00 Elche 2-1 Malyorka
21/03 19:00 Parma 0-2 Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem 3-1 Byornli
21/03 20:15 Espanyol 1-2 Xetafe
21/03 22:00 Milan 3-2 Torino
21/03 22:30 Everton 3-0 Chelsi
21/03 22:30 Levante 4-2 Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna 1-0 Jirona
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis
23/03 00:45 Fiorentina - Inter
23/03 01:00 Real Madrid - Atletiko

Ummon terma jamoasi bosh murabbiyi O‘zbekiston va Avstraliya terma jamoalarini o‘zaro solishtirdi

Ummon terma jamoasi bosh murabbiyi O‘zbekiston va Avstraliya terma jamoalarini o‘zaro solishtirdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar
Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi - 2019 musobaqasida Ummon, Turkmaniston va Yaponiya bilan bir guruhdan joy olgan. Musobaqadagi ilk raqibimiz Ummon terma jamoasi taniqli mutaxassis Pim Verbek qo‘lostida turnirga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda.   Ummonliklar 13 va 16 dekabr kuni Tojikistonga qarshi ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazib, ikkalasida ham g‘alaba qozonishdi. Endilikda ular 27 dekabr kuni Hindiston bilan kuch sinashishadi. 30 dekabr kuni esa Pim Verbek boshchiligidagi Ummmon terma jamoasi Avstraliyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Gollandiyalik mutaxassis 2007-2010 yillar davomida Avstraliya terma jamoasini boshqarganini ham ta’kidlab o‘tish zarur. 2 yanvar kuni esa Ummon terma jamoasi BAAda Tailand bilan nazorat o‘yinida maydonga tushadi.   Pim Verbek Osiyo Kubogiga tayyorgarlik jarayoni haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:

"Avstraliyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish imkoniyati yuzaga kelgandi, biz bu imkoniyatdan foydalanib qolishga harakat qildik. Sobiq jamoam a’zolari bilan yana ko‘rishishdan mamnunman. Bu men uchun o‘ziga xos o‘yin bo‘ladi".   Bilasizmi? Ummon Pim Verbek qo‘lostida Fors Ko‘rfazi Kubogida g‘olib chiqqan   Ummon terma jamoasi 62 yoshli gollandiyalik mutaxassis qo‘lostida yaxshi natijalar qayd etmoqda. Ular joriy yilning yanvar oyida bo‘lib o‘tgan Fors Ko‘rfazi Kubogida bosh sovrinni qo‘lga kiritishdi. Mazkur g‘alaba Pim Verbekni Ummon mamlakatining qahramoniga aylantirdi.   "Ha, bu ajoyib natija bo‘ldi. Biz musobaqa davomida Saudiya Arabistoni, Kuvayt, Bahrayn kabi kuchli terma jamoalarni yengdik. Finalda BAA terma jamoasini penaltilar seriyasiga ko‘ra mag‘lubiyatga uchratdik. Milliy qahramon? Balki Ummonda mamlakat Sultonidan keyin ikkinchi o‘rinda tursam kerak (kuladi). Ummon kichik davlat. Futbolda kuchli bo‘lgan qo‘shnilar ustidan qozoniladigan har qanday g‘alaba terma jamoa muxlislari uchun nihoyatda yoqimli bo‘lishi aniq".   Pim Verbek Ummon terma jamoasi bilan shartnomasini 2020 yilga qadar uzaytirdi.    "Osiyo Kubogida birinchi o‘yin O‘zbekistonga qarshi bo‘ladi. Birinchi o‘yinda g‘alaba qozonish juda muhim. To‘g‘ri, guruhimizdagi Yaponiya va O‘zbekiston bizdan bir bosh baland jamoalar. Ammo biz ularga tenglashishga harakat qilamiz. Bizning jamoa yosh, tarkibimizdagi ko‘plab futbolchilar yana 4-5 yil yuqori saviyada to‘p sura olishadi.    Osiyo Kubogi oldidan Avstraliyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish juda muhim. Avstraliyaning taktikasi O‘zbekiston terma jamoasiniki bilan bir xil. O‘z o‘rnida Avstraliya uchun ham Ummon bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish foydali deb hisoblayman", - deydi Pim Verbek.
Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 16:55, 19.12.2018.
O'qildi: 8489 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик