Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv - Xorazm
07/04 18:00 Mash’al - Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
09/04 00:00 Atletiko - Barselona

«MYU» Sulsher uchun «Molde»ga to‘laydigan kompensasiya puli aniq bo‘ldi

«MYU» Sulsher uchun «Molde»ga to‘laydigan kompensasiya puli aniq bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" klubi bugun Ule Gunnar Sulsherni bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinladi.

Sulsherning "Molde" bilan tuzgan shartnomasida shunday band bor ediki, unga ko‘ra, "MYU"dan taklif tushsa, jamoa norvegiyalik mutaxassisni ingliz jamoasiga qo‘yib yuborishga qarshilik ko‘rsata olmaydi.

Ule Gunnar Sulsher "MYU" boshqaruvida 2019 yilning 12 mayigacha (APLning so‘nggi o‘yini) ishlaydi. Bu davr mobaynida "qizil iblislar" murabbiy uchun Molde shahri klubiga 1,8 million funt (taxminan 2 million yevro) kompensasiya mablag‘ini to‘laydi. Agar 45 yoshli mutaxassis mavsum so‘ngida mankunianliklarning to‘laqonli bosh murabbiyiga aylanadigan bo‘lsa, u holda "Molde" yana 8 mln funt oladi.

Ma’lumot o‘rnida. Sulsher yaqinda "Molde" bilan 2021 yilning yozigacha mo‘ljallangan yangi shartnoma imzolagandi. Norvegiya chempionati bahorda start oladi.

Ule Gunnar Sulsher futbolchilik faoliyati davomida "MYU" safida 235ta o‘yinda maydonga tushib, 91ta gol urgan. 2008-2010 yillarda esa "MYU" yoshlar jamoasini boshqargan.

Manba: football24.ua
Kiritildi: 20:17, 19.12.2018.
O'qildi: 4554 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик