Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

«Qo‘qon-1912» muxlislar klubiga yangi rais saylandi

«Qo‘qon-1912» muxlislar klubiga yangi rais saylandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Avval xabar berib o‘tganimizdek, bugun "Qo‘qon-1912" jamoasi muxlislar klubining bir yillik hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.  Yig‘ilishda “Qo‘qon-1912” futbol klubi rahbariyati va muxlislar klubining a’zolari ishtirok etishdi.

Yig‘ilish kun tartibidan uchta masala o‘rin oldi.

1-masala: “Qo‘qon-1912" jamoasi muxlislar klubi raisi M. Jalilovning yil davomida bajarilgan ishlari haqidagi hisoboti.

2-masala: 2019 yil uchun “Qo‘qon-1912" jamoasi muxlislar klubi Kengash a’zolarini saylash.

3-masala: Kengash a’zolari orasidan “Qo‘qon-1912" jamoasi muxlislar klubi raisi va o‘rinbosarini saylash.

Yig‘ilishni "Qo‘qon-1912" jamoasi vise-prezidenti, bosh direktori Baxtiyor Tolipov ochib berishdi. Jamoamiz rahbari yangi mavsum oldidan bo‘ladigan o‘zgarishlar xususida so‘z yuritishdi. Ayni damda ko‘pchilik muxlislarda “Markaziy” o‘yingohda bo‘layotgan o‘zgarishlar borasida savollar tug‘ilgani aniq. Klubimiz rahbari bu borada ham alohida to‘xtalib o‘tishdi.

Shundan keyin “Qo‘qon-1912" jamoasi muxlislar klubi raisi M. Jalilovning bir yillik hisoboti tinglandi. Aytish joizki, yakuniga yetgan yilda muxlislar klubi tomonidan bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Xususan, “Markaziy” o‘yingohda muxlislar klubiga tegishli savdo do‘koni yo‘lga qo‘yildi. Muxlislarning safar o‘yinlariga borib kelishlari uchun sharoitlar yaratib berildi. Eng asosiysi, 12-o‘yinchi vazifasi a’lo darajada bajarildi.

Shu bilan birga salbiy holatlar ham kuzatildi. Superliganing ikkinchi bosqichida muxlislar klubida biroz parokandalik yuzaga keldi.

Muxlislar klubi raisining hisoboti tinglangach, besh kishidan iborat Kengash a’zolari saylandi. Unga ko‘ra, O‘lmasjon Sayfutdinov, Mansurxon Jalilov, Sherxon Qosimov, Qahramon Isroilov va Sharofiddin Turg‘unovlar Kengash a’zolari sifatida saylanishdi.

Yig‘ilishning yakuniy qismida “Qo‘qon-1912" jamoasi muxlislar klubiga yangi rais saylandi. Ushbu lavozimga O‘lmasjon Sayfutdinov munosib ko‘rildi. Muxlislar klubi raisining o‘rinbosari lavozimiga esa bir ovozdan Mansurxon Jalilov nomzodi ma’qullandi.

Yig‘ilish yakunida muxlislarimiz kelayotgan yangi mavsumda ham faol bo‘lib, jamoamizni doimgidek qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Aytgancha, muxlislar klubining 2018 yilgi faoliyati qoniqarli deb topilganini ham ta’kidlash joiz.

Manba: www.kokand1912.uz
Kiritildi: 21:39, 20.12.2018.
O'qildi: 1775 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.