Kirish Ro'yxatdan o'tish

Chim ustida xokkey. Terma jamoamiz Qozog‘istonni mag‘lub etib, lisenzion musobaqaga yo‘l oldi

Chim ustida xokkey. Terma jamoamiz Qozog‘istonni mag‘lub etib, lisenzion musobaqaga yo‘l oldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Pokistonning Lahor shahrida chim ustida xokkey bo‘yicha «Hockey Series Open» xalkaro turnirining birinchi bosqich bahslari o‘tkazilayotganligi haqida xabar qilgandik. Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etmoqda.

Bungacha vakillarimiz Afg‘oniston terma jamoasini 11:0, Nepalni esa 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandilar. Bugun guruhdagi so‘nggi uchrashuvda Qozog‘iston terma jamoasi 6:2 hisobida taslim etildi. Shu tariqa, hamyurtlarimiz guruhda birinchi o‘rinni egallashdi va 2019 yilda Hindistonda o‘tkaziladigan final bahslariga yo‘l olishdi. O‘sha musobaqada terma jamoamiz Tokio Olimpiadasi lisenziyasi uchun kurash olib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 16:50, 22.12.2018.
O'qildi: 1501 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.