Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Farhod Bekmuratov: «Terma jamoamiz Osiyo chempioni bo‘lishiga ishonaman»

Farhod Bekmuratov: «Terma jamoamiz Osiyo chempioni bo‘lishiga ishonaman»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
Ma’lumki, 5 yanvar kuni BAAda Osiyo Kubogi musobaqasi rasman start oladi. Bo‘lajak muhim musobaqa oldidan “Andijon” jamoasining yetakchisi futbolchilaridan biri Farhod Bekmuratov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 

- Yanvar oyida Birlash Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogi musobaqasi boshlanishini intizorlik bilan kutmoqdamiz. O‘zbekiston milliy terma jamoamiz xorijlik murabbiy qo‘li ostida musobaqaga munosib tayyorgarlik ko‘rayotganini  ijtimoy tarmoqlar orqali guvohi bo‘lmoqdamiz. 

Ektor Kuper eng yaxshi nomzodlarni saralab oldi. O‘ylaymanki ushbu futbolchilar bilan terma jamoamiz chempionlikni qo‘lga kirita oladi. Chunki ayni paytda futbolchilarimiz juda yaxshi sport formada. Menimcha Ektor Kuper o‘zi rejalashtirgan jamoaviy o‘yinni musobaqa startiga qadar yanada mukammallashtirib oladi. 

Bo‘lajak muhim musobaqa oldidan O‘zbekiston terma jamoasiga faqat omad tilayman va umid qilib qolamanki, terma jamoamiz yurtimizga chempion bo‘lib, yorug‘ yuz bilan qaytadi". 
Manba: UFA
Kiritildi: 10:01, 24.12.2018.
O'qildi: 2896 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик