Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Ektor Kuper Osiyo Kubogiga yo‘l oladigan yakuniy tarkibni e’lon qildi!

Ektor Kuper Osiyo Kubogiga yo‘l oladigan yakuniy tarkibni e’lon qildi!

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi ayni kunlarda Turiyaning Antaliya shahrida 2019 yilning yanvar oyida bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogiga jiddiy tayyorgarlik olib bormoqda.  Milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Ektor Kuper qit’a birinchiligida yurtimiz sha’nini himoya qiladigan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.

Turkiyaga yo‘l olgan 27 kishilik kengaytirilgan tarkibdan 4 nafar futbolchi Osiyo kubogiga yo‘l olmaydigan bo‘ldi. Bular — "Metallurg" darvozaboni Javohir Ilyosov, "Paxtakor" yarim himoyachilari — Dilshod Rahmatullayev, Jasur Yaxshiboyev va "Qizilqum" hujumchisi Ivan Nagayev.
 
Demak, tanishing, Osiyo Kubogi musobaqasiga yo‘l oladigan O‘zbekiston milliy terma jamoasining yakuniy tarkibi:
 
Darvozabonlar:
Ignatiy Nesterov ("Lokomotiv")
O‘tkir Yusupov ("Qo‘qon-1912")
Sanjar Quvvatov ("Nasaf")
 
Himoyachilar:
Yegor Krimes ("Paxtakor")
Anzur Ismoilov ("Lokomotiv")
Doston Tursunov ("Renofa Yamaguchi", Yaponiya)
Islom To‘xtaxo‘jayev ("Lokomotiv")
Oleg Zoteev ("Lokomotiv")
Farrux Sayfiyev ("Paxtakor")
Akmal Shorahmedov ("Paxtakor")
Davron Hoshimov ("Navbahor")
 
Yarim himoyachilar:
Odil Hamrobekov ("Nasaf")
Odil Ahmedov ("Shanxay SIPG", Xitoy)
Otabek Shukurov ("Sharja", BAA)
Fozil Musayev ("Jubilo Ivata", Yaponiya)
Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor")
Aziz Turg‘unboyev ("Navbahor")
Doston Hamdamov ("Anji", Rossiya)
Javohir Sidiqov ("Qo‘qon-1912")
Ikrom Aliboyev ("Seul", Janubiy Koreya)
Eldor Shomurodov ("Rostov", Rossiya)
 
Hujumchilar:
Marat Bikmayev ("Lokomotiv")
Sardor Rashidov ("Lokomotiv")

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 23:22, 24.12.2018.
O'qildi: 16246 marta.
Fikrlar: 19 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик