Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma 0-0 Jenoa
18/01 18:00 Xetafe 0-1 Valensiya
18/01 19:00 Bolonya 1-2 Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton 0-0 Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko 1-0 Alaves
18/01 21:30 Aston Villa 0-1 Everton
18/01 22:00 Torino 0-2 Roma
18/01 22:30 Selta 3-0 Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan 1-0 Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad 2-1 Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona
20/01 00:45 Lasio - Komo
20/01 01:00 Elche - Sevilya
20/01 01:00 Brayton - Bornmut

Xalqaro kurash assosiasiyasida yil laureatlari aniqlandi

Xalqaro kurash assosiasiyasida yil laureatlari aniqlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xalqaro Kurash assosiasiyasi Yangi yil arafasida yakuniga yetib borayotgan sport mavsumi g‘oliblarini e’lon qildi. E’tiborli jihati, joriy yilgi laureatlar to‘qqizta nominasiyaga ko‘ra aniqlandi.

“Yilning eng yaxshi ayol kurashchisi” nominasiyasida g‘oliblik Jakartada tashkil etilgan Osiyo o‘yinlari hamda Hindistonda o‘tgan Osiyo chempionati g‘olibi, hamyurtimiz Gulnor Sulaymonovaga nasib etdi.

Eronlik taniqli polvon, 81 kg.gacha bo‘lgan vazn toifasida Osiyo o‘yinlari va qit’a chempionati g‘olibi, shuningdek, sohibqiron Amir Temur xotirasiga bag‘ishlab Prezident sovrini uchun Shahrisabzda o‘tkazilgan VII Xalqaro turnir chempioni Ilyos Ali Akbari “Yilning eng yaxshi kurashchisi” nominasiyasida g‘olib, deb topildi.

Eng yaxshi ayol hakam sifatida Xitoy Taypeyi vakilasi Xo Pi Yen e’tirof etilgan bo‘lsa, erkaklar orasida ushbu nomga janubiy koreyalik Kim Sukil munosib ko‘rildi.

“Yilning eng yaxshi turniri” nominasiyasida Indoneziyada o‘tkazilgan XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan kurash musobaqalari e’tirof etildi. Ta’kidlash joiz, Kurash birinchi marotaba rasman Osiyo o‘yinlari dasturiga kiritildi. Qolaversa, musobaqa yuksak saviyada tashkil etilib, OAV orqali ham keng yoritildi.

“Kurash rivojiga munosib hissa qo‘shgan eng yaxshi milliy federasiya”yo‘nalishida Italiya kurash federasiyasi g‘olib chiqdi. Boisi, Italiya kurash federasiyasi cheklangan moliyaviy imkoniyatlar bilan ham samarali faoliyat olib bordi, italiyalik polvonlar esa deyarli hech bir musobaqani o‘tkazib yuborishmadi. Qolaversa, birinchi marta Italiyada murabbiylar uchun seminar tashkil etildi.

“Kurash rivojiga munosib hissa qo‘shgan eng yaxshi mintaqaviy federasiya”nominasiyasida g‘oliblik Panamerika kurash ittifoqiga nasib etdi.

“Yil g‘alabasi” nominasiyasida g‘oliblikni bir yo‘la ikki milliy federasiya qo‘lga kiritdi. Quvayt kurash federasiyasiga sovrin ushbu mamlakat polvonlari ilk bora Osiyo o‘yinlarining kurash musobaqalarida bronza medaliga sazovor bo‘lishgani uchun berildi. Hindiston kurash federasiyasi esa ushbu yurt kurashchilari Jakarta gilamlarida bittadan kumush va bronza medalini qo‘lga kiritishgani uchun sovringa munosib ko‘rildi.

Nihoyat “Jahonda kurash rivojiga qo‘shgan munosib hissasi uchun” nominasiyasida O‘zbekiston kurash federasiyasi g‘olib bo‘ldi.

Joriy yilda mazkur sport tashkiloti tomonidan yurtimizda Prezident sovrini uchun uchta nufuzli musobaqa (Shahrisabz, Xiva va Toshkent shaharlarida) yuksak saviyada tashkil etildi. Qolaversa, dunyo miqyosida ham milliy sport turimizni ommalashtirish yo‘lida samarali faoliyat olib bordi.

Biz barcha g‘oliblarni muborakbod etamiz.

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 12:46, 25.12.2018.
O'qildi: 2084 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.