Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Azamat Abduraimov: Osiyo Kubogida Milliy terma jamoamizdan chiroyli o‘yin kutib qolamiz

Azamat Abduraimov: Osiyo Kubogida Milliy terma jamoamizdan chiroyli o‘yin kutib qolamiz

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi, 1994-yilgi Osiyo o‘yinlari g‘olibi, ayni paytda O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasini boshqarayotgan Azamat Abduraimov Osiyo Kubogi oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:

"Avvalambor, kirib kelayotgan yangi 2019 yil barchaga - futbolchilarga, murabbiylarga va muxlislarga omadli kelishini tilab qolaman. O‘zbekiston milliy terma jamoasidan esa yanvar oyida bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogida chiroyli o‘yin kutib qolamiz. Umid qilib qolamizki, milliy terma jamoamiz qit’aning eng nufuzli musobaqasida chiroyli, kombinasion, hujumkor o‘yin namoyish qilib, barchamizni xursand qiladi.

Terma jamoamizni ayni paytda juda tajribali, futbol olamida katta obro‘ga ega murabbiy boshqarmoqda. Futbolchilarimiz ushbu murabbiy qo‘lostida yana bir pog‘ona yuqoriga ko‘tarila olishlariga ishonchim komil.Terma jamoamiz asta-sekin shakllanib boryapti. Oldinda katta musobaqalar kutib turibdi. Osiyo Kubogida yaxshi natija qayd etib, keyin esa eng muhimi - Jahon chempionati saralashida muvaffaqiyatli qatnashishimizga tilakdoshman".

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 21:02, 26.12.2018.
O'qildi: 2891 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик