O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning 15 dekabridan beri Turkiyaning Antaliya shahrida yig‘in o‘tkazayotganidan xabaringiz bor.
Yig‘in davomida Ektor Kuper boshchiligidagi murabbiylar shtabi Osiyo Kubogiga yo‘l oladigan yakuniy tarkibni aniqlab oldi. Quyidagi 23 nafar futbolchi Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tadigan qit’a musobaqasida yurtimiz sharafini himoya qilishadi.
Darvozabonlar:
1. Ignatiy Nesterov ("Lokomotiv")
12. Sanjar Quvvatov ("Nasaf")
21. O‘tkir Yusupov ("Qo‘qon-1912")
Himoyachilar:
2. Akmal Shorahmedov ("Paxtakor")
3. Doston Tursunov ("R. Yamaguchi", Yaponiya)
4. Farrux Sayfiyev ("Paxtakor")
5. Anzur Ismoilov ("Lokomotiv")
6. Davron Hoshimov ("Navbahor")
13. Oleg Zoteev ("Lokomotiv")
15. Yegor Krimes ("Paxtakor")
20. Islom To‘xtaxo‘jayev ("Lokomotiv")
Yarim himoyachilar:
8. Ikrom Aliboyev ("Seul", Janubiy Koreya)
9. Odil Ahmedov ("Shanxay SIPG", Xitoy)
11. Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor")
14. Eldor Shomurodov ("Rostov", Rossiya)
16. Aziz Turg‘unboyev ("Navbahor")
17. Doston Hamdamov ("Anji", Rossiya)
18. Fozil Musayev ("Jubilo Ivata", Yaponiya)
19. Otabek Shukurov ("Sharja", BAA)
22. Javohir Sidiqov ("Qo‘qon-1912")
23. Odil Hamrobekov ("Nasaf")
Hujumchilar:
7. Sardor Rashidov ("Lokomotiv")
10. Marat Bikmayev ("Lokomotiv")
Yig‘in doirasida bitta nazorat o‘yini o‘tkazish rejalashtirilgandi. Ammo milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi keyinchalik bu fikrdan qaytib, turli jarohatlarni oldini olish maqsadida nazorat uchrashuvi o‘tkazmaslikka qaror qildi. 29 dekabrdan 30 dekabrga o‘tar kechasi futbolchilarimiz Turkiyadan yurtimizga qaytib kelishadi. Keyin 2 yanvar kuni Birlashgan Arab Amirliklariga yo‘l olishadi.
"Real" "PSJ"ga xabar yubordi [4780]
«Galatasaroy»ga Osimxen uchun 130 mln yevro taklif qilishdi [3223]
«PSJ» ikki vingeri transferlaridan 200 mln yevro ishlab olmoqchi [2679]
«Barselona» Xulian Alvaresga yangi muqobil variant topdi [2576]
Mendi 23,4 million yevro evaziga Angliyaga ko‘chib o‘tdi [2398]
Og‘irligi 40 kilogrammdan ziyod: «Real» Mourinyo qo‘l ostida ilk sovrinni yutdi (FOTO) [2088]
Flikning rejalariga kirmagan futbolchiga 10 dan ortiq klubdan taklif bor [2029]
«PSJ» «Aston Villa»ni mag‘lub etib, UEFA Superkubogini qo‘lga kiritdi (Videosharh) [1901]
"Tottenxem" 82 mln yevrodan ko‘proq pul sarflab, "Siti" yulduzini sotib oladi [1857]
"Manchester Siti" Enso Fernandes uchun dahshatli summa taklif qildi, ammo bu ham kam [1798]













