Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Iskoning agenti «PSJ» prezidenti bilan uchrashdi

Iskoning agenti «PSJ» prezidenti bilan uchrashdi

Baho:
+ | -

PSJ» «Real» yarimhimoyachisi Iskoga qiziqish bildirmoqda.

Paris United`ning xabar topishicha, Parij klubi prezidenti Nosir Al-Helaifi xavbekning otasi va agenti Pako Alarkon bilan uchrashgan. Agent bilan nafaqat «PSJ», balki «Barselona», «Yuventus», «Manchester Yunayted» va «Chelsi» kabi klublar ham aloqaga chiqishgan.

Qayd etilishicha, «Real» bosh murabbiyi Santyago Solari bilan kelishmovchiligi sabab Madriddan ketishni istayotgan Iskoga aynan «PSJ» varianti ko‘proq yoqyapti. Boisi jamoadoshi Karim Benzema unga Parijdagi hayotni rosa maqtab tasvirlab bergan.

Shu bilan birga, Fransiya chempioni uchun Iskoni sotib olish oson kechmaydi. Ispaniyalikning transfer bozoridagi narxi ancha yuqori, uni xarid qilgudek bo‘lishsa, fransuzlar moliyaviy feyr-pley qoidalari bilan bog‘liq muammolarga duch kelishi mumkin.

Joriy mavsumda Isko Ispaniya chempionatining 11 o‘yinida qatnashib, bitta gol va ikkita samarali to‘p uzatish bilan cheklanmoqda. Uning «qirolli klubi» bilan shartnomasi 2022 yilgacha mo‘ljallangan.

Manba: tribuna.uz
Kiritildi: 09:10, 29.12.2018.
O'qildi: 5306 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик