Kirish Ro'yxatdan o'tish

Zohid Karimov: «2018 yil – «Sport» telekanali uchun tarixiy yil bo‘ldi»

Zohid Karimov: «2018 yil – «Sport» telekanali uchun tarixiy yil bo‘ldi»

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Sport sohasida ro‘y berayotgan voqeliklarni xalqqa yetkazishda ommaviy axborot vositalarining roli katta. Milliy olimpiya qo‘mitasi yil davomida ko‘plab OAVlar bilan hamkorlik qildi. «Milliy sport mukofoti-2018» doirasida o‘zini har tomonlama ko‘rsata olgan ommaviy axborot vositalari xodimlari ham taqdirlandi.

«Eng yaxshi ijtimoiy rolik» yo‘nalishida esa «Sport» telekanali direktori Zohid Karimov mukofotlandi.

«Ortda qolayotgan yil «Sport» telekanali uchun tarixiy bo‘ldi. Chunki, biz HD formatga o‘tdik. Milliy olimpiya qo‘mitasi bilan tizimli hamkorlik o‘rnatdik. Buning evaziga bizda musobaqalarni muxlisga voqea joyidan, jonli ravishda yetkazib berish imkoniyati paydo bo‘ldi. Birinchi navbatda, yuqori saviyada yoritib berilgan Osiyo o‘yinlarini qayd etgan bo‘lardim.

O‘ylaymanki, muxlislarimiz o‘zbek sportchilarining Indoneziyadagi g‘alabasini, ularning xursandchiliklarini his qila oldilar. Umid qilamanki, ushbu hamkorlik uzoq davom etadi.

Va albatta, kamtargina mehnatimizni ana shunday taqdirlagan Milliy olimpiya qo‘mitasiga minnatdorchilik bildiraman. OAV xodimlariga ana shunday e’tibor qaratilayotgani juda yoqimli. Kelajakda bundan ham qattiqroq ish olib boramiz», – dedi Zohid Karimov.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 15:43, 30.12.2018.
O'qildi: 1874 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.