Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/01 00:45 Milan 1-0 Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad 2-1 Barselona
19/01 22:30 Cremonese 0-0 Verona
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut

Svetlana Radzivil «lisenziyalar yili»da barchaga omad tilaydi

Svetlana Radzivil «lisenziyalar yili»da barchaga omad tilaydi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

«Milliy sport mukofoti-2018» tantanali taqdirlash marosimida «Yilning eng yaxshi ayol sportchisi» yo‘nalishida Svetlana Radzivil g‘olib bo‘ldi.

Qayd etish lozimki, yengil atletikachimiz uchun yil nafaqat omadli, balki o‘ziga yarasha qiyin ham bo‘ldi. Svetlana ona bo‘ldi, yana mashg‘ulotlarga qaytdi va katta sportda muvaffaqiyat qozondi. Balandlikka sakrash bahslarida yurtimiz sharafini himoya qiladigan Radzivil Jakartada Osiyo o‘yinlari rekordini yangilagan holda, ushbu musobaqaning uch karra g‘olibasiga aylandi.

«Ana shunday katta tadbirda yilning eng yaxshisi bo‘lish men uchun sharaf. Juda yoqimli bo‘ldi. Men doimo o‘z ustimda ishlab, xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilishga harakat qilaman. Ona bo‘lib sportga qaytganimdan so‘ng bunday natijaga erishish oson bo‘lgani yo‘q. Ammo, barchasi o‘ylaganimdek bo‘ldi. Mehnatimni ana shunday taqdirlagani uchun Milliy olimpiya qo‘mitasidan minnatdorman. Ushbu nominasiyada nomzod bo‘lishning o‘zi yutuqdir. G‘olib bo‘lish esa katta muvaffaqiyat hisoblanadi. Barcha sportchilarni hurmat qilaman. Biz o‘z ishimizning ashaddiy muxlislarimiz. Yangi yilda barchaga muvaffaqiyat, sog‘liq, kuch tilayman. Ahir bizni «lisenziyalar yili» kutmoqda. Unda Tokio 2020 Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi musobaqalar bo‘ladi», – dedi Svetlana Radzivil.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 18:50, 30.12.2018.
O'qildi: 2164 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.