Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Jenoa 2-1 Lechche
15/03 01:00 Las-Palmas 2-2 Alaves
15/03 17:55 Sho‘rtan 0-2 Bunyodkor
15/03 18:00 Valyadolid 0-1 Selta
15/03 19:00 Monsa 1-1 Parma
15/03 19:00 Udineze 0-1 Verona
15/03 19:30 Andijon 1-1 Nasaf
15/03 20:00 Everton 1-1 Vest Xem
15/03 20:00 Ipsvich 2-4 Nottingem Forest
15/03 20:00 Manchester Siti 2-2 Brayton
15/03 20:00 Sautgempton 1-2 Vulverhempton
15/03 20:15 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 20:15 Dinamo 1-0 Mash’al
15/03 22:00 Milan 2-1 Komo
15/03 22:30 Vilyarreal 1-2 Real Madrid
15/03 22:30 Bornmut 1-2 Brentford
16/03 00:45 Torino - Empoli
16/03 01:00 Jirona - Valensiya
16/03 16:30 Venetsiya - Napoli
16/03 17:45 Surxon - Xorazm
16/03 18:00 Leganes - Betis
16/03 18:30 Arsenal - Chelsi
16/03 18:30 Fulhem - Tottenhem
16/03 19:00 Bolonya - Lasio
16/03 19:30 So‘g‘diyona - Navbahor
16/03 20:00 Roma - Kalyari
16/03 20:00 OKMK - Paxtakor
16/03 20:15 Sevilya - Atletik Bilbao
16/03 22:00 Fiorentina - Yuventus
16/03 22:30 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
16/03 22:30 Osasuna - Xetafe
17/03 00:00 Lester - Man. Yunayted
17/03 00:45 Atalanta - Inter
17/03 01:00 Atletiko - Barselona

Xuddi hind kinolaridagidek yoxud «16 yoshli faxriy»ning antiqa sarguzashtlari

Xuddi hind kinolaridagidek yoxud «16 yoshli faxriy»ning antiqa sarguzashtlari

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO / Futbolchilar
Rukn: Yangiliklar

Bollivudning kino sanoatidagi muvaffaqiyati va hind filmlaridagi mubolag‘aga boy sahna ko‘rinishlari deyarli hammamizga yaxshi tanish. Deylik, ijobiy qahramon rolini o‘ynayotgan qaysidir aktyorning birgina zarbasi 10-15 chog‘li dushmanni yer bilan yakson qilishi hind kinoijodkori hamda tomoshabinlar uchun oddiygina holat. Qizig‘i shundaki, atrofdagilarni ishonib bo‘lmas voqealarga ishontira olish san’ati nafaqat Bollivud filmlari, balki hind futbolida ham uchrab turadi. Quyidagi qiziqarli va kulgili sarguzasht qahramoni ham 50 yoshdan o‘tgan, ammo kartinalarda hamon qariligi bilinmayotgan aktyorlarga havas qilgan shekilli, futbol olamida 16 yoshli yigitchadek namoyon bo‘ldiyu, darhol omadsizlikka uchradi... 

Rekord va hayrat

Hammasi shunday boshlandi: 2018 yilning 7 oktyabr kuni «Jamshedpur» klubi sharafini himoya qiluvchi Gurav Mukxi ismli futbolchi Hindiston Superligasida rekord o‘rnatdi. Aniqroq aytganda, u jamoasining «Bengalur»ga qarshi o‘yinida urilgan gollaridan biriga mualliflik qildi va uchrashuv 2:2 hisobidagi jangovar durang bilan yakuniga yetdi. Agar rasmiy hujjatlarga ishonadigan bo‘lsak, siz suratini ko‘rib turgan ana shu Gurav endigina 16 yoshga to‘lgandi va uning goli chempionat tarixidagi eng yosh futbolchi tomonidan qayd etilgan natija sifatida tan olinib, rekord o‘rnatildi. Shu tariqa, Gurav qandaydir bir-ikki kun ichida juda tanilib ketdi va mamlakatdagi mashhur kishilar qatoridan joy oldi. Biroq Mukxining tashqi qiyofasi shu zahoti mantiqli bir savolni keltirib chiqardi: suratdagi muylovdor shu yigitcha rostdan ham 16 yoshdami?! Qarangki, shubhalar asoslidek tuyuldi va Hindiston futbol federasiyasi Guravning yoshi borasida maxsus tekshiruv o‘tkazishga qaror qildi. Toping-chi, tergov jarayoni qanday natija bergan?! Ha, yashang, jiddiy ohangdagi bir nechtagina savollardan keyin ma’lum bo‘lishicha, hujumchining yoshi aslida 27-28lar atrofida ekan! Tergovdan yana shular ham oydinlashdiki, Mukxi jamoasi bilan shartnoma tuzish chog‘ida hammaning «ko‘ziga cho‘p suqib», o‘zining asl yoshini yashirgan. Ammo Gurav bu ishni o‘zining ajabtovur tashqi qiyofasi bilan qanday amalga oshirgan, mana shunisi juda qiziq.

Tabiiyki, sir oshkor bo‘lgach, hujumchi darhol HFF tomonidan yarim yillik diskvalifikasiya jazosiga tortildi. Ya’ni u keyingi olti oy davomida futbol o‘ynay olmaydi. Shuningdek, Mukxi yaqin kunlar ichida o‘zining asl yoshi haqidagi rasmiy hujjatlarni federasiyaga taqdim etishi shart.

E’tiborga molik yana bir jihati, «Jamshedpur» klubini ispaniyalik mutaxassis Sesar Ferrando boshqaradi va mavsum boshida tarkibga avstraliyalik futbol afsonasi Tim Kexill ham qo‘shib olingan. Ma’lumki, bu shaxslar o‘z hayotlarining juda katta qismini futbolga baxshida etishgan va shunday tajribali kishilar ham Mukxining yoshi borasida hech qanday shubhaga borishmagan. Aksincha, qaysidir bir o‘yindan so‘ng avstraliyalik futbolchi jamoadoshini maqtab, «Bu yigitcha kundan-kunga tajriba oshirib, kuchayib bormoqda. U faqat gol urish haqidagina o‘ylaydigan ajoyib iqtidor egasi. Men u bilan faxrlanaman», - degandi.

Jamoa ustozi Sesar Ferrando esa Mukxining futboldan chetlashtirilishi - «Jamshedpur» uchun katta yo‘qotish ekanini ochiq tan oldi. «Gurav - men uchun chempionatdagi eng kuchli hujumchilardan biri. U juda tezkor va gol urishni yaxshi biladi. Ha, u xato qildi, buning uchun jazolandi va endi jamoa bilan birga emas. Lekin u chindan-da, ajoyib hujumchi», - deya mutaxassisning so‘zlaridan iqtibos keltirdi Ispaniyaning Marca nashri.

Ikkinchi urinish

Bu antiqa voqea yuqoridagi faktlar bilangina tugab qolmadi. Shunisi qiziqki, Mukxi yoshni qasddan o‘zgartirishga bog‘liq ikkinchi holatda qo‘lga tushdi. So‘nggi xabarlarga qaraganda, futbolchi oldin ham, aniqroq aytsak, 2015 yilda qing‘irlikka qo‘l urib, muvaffaqiyatsizlikka uchragan. O‘shanda Gurav 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan iborat Hindiston termasi safiga qo‘shilishga harakat qilib ko‘rgan ekan. Ammo jamoa murabbiylari o‘zining 15 yoshda ekanini isbotlamoqchi bo‘lgan Mukxiga ishonishmagan. Bu haqda futbolchining o‘zi gapirib berdi. Mana, oradan uch yil o‘tar-o‘tmas, aybdor ikkinchi bor hammani aldashga urinib ko‘rdi-yu, ammo yana qo‘lga tushdi...

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 09:43, 31.12.2018.
O'qildi: 3686 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz