Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv 0-2 OKMK
14/05 22:30 Osasuna 1-1 Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ
16/05 01:00 Selta - Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe - Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis

O‘zbek klublari tarixidan – “Qo‘qon-1912”

O‘zbek klublari tarixidan – “Qo‘qon-1912”

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbek futboli tarixi Qo‘qon shahri va u yerda tashkil etilgan jamoa bilan chambarchas bog‘liq. Zero mintaqamizdagi ilk futbol jamoasi 1912 yilda aynan Qo‘qonda tuzilgan. Shu sababdan ham ushbu shahar sharafini himoya etuvchi klub ayni paytda “Qo‘qon-1912” nomi bilan yuritiladi.

Klubning nomi shu kungacha bir necha marta o‘zgangan bo‘lib, O‘zbekiston chempionati o‘tkazilish boshlangan payti “Temiryo‘lchi” deb atalgan. 1992 yili “Temiryo‘lchi” mustaqil O‘zbekistonning birinchi chempionatida ishtirok etgan. Oliy ligada oltinchi o‘rinni egallagan “Temiryo‘lchi”, mamlakat Kubogi finaliga chiqadi va unda Namanganning “Navbahor” jamoasiga imkoniyatni boy berib qo‘yadi. Bu Qo‘qon klubining shu kungacha bo‘lgan eng yuqori natijasi hisoblanadi.

1995 yilda “Temiryo‘lchi” Oliy ligada 15 o‘rinni egallab, quyi ligaga tushib ketgan. Ikki yil Birinchi ligada to‘p surib, klub 1997 yilda Oliy ligaga qaytdi va 2000 yilgacha o‘ynadi. 2001 yilgi chempionatni “Temiryo‘lchi” yana quyi ligada o‘tkazdi. 2002 yili klub nomi “Qo‘qon”ga o‘zgartirildi. 2002 va 2003 yillarda Oliy ligada o‘ynagan “Qo‘qon” jamoasi keyingi bir necha yilni goh Oliy ligada, gohida birinchi ligada o‘tkazgan. 

O‘zbek futbolining yuz yillik yubileyi arafasida esa klub yangicha falsafa bilan faoliyat boshlaydi. “Qo‘qon-1912” 2014 yilgacha Birinchi ligada ishtirok etgan. O‘sha yili ikkinchi o‘rinni egallagan Qo‘qon jamoasi Oliy ligada o‘ynashni boshlagan va hozirgacha elitada qatnashib kelmoqda.

Erishgan natijalari

O‘zbekiston Kubogi finalchisi (1992)

Jamoada to‘p surgan mashhur futbolchilar

No‘mon Xasanov

Bahrom Hakimov

Andrey Fyodorov

Sergey Skorovich

Damir Raxmatullin

Yevgeniy Matveev

Yuriy Gazyukin

Stepan Atoyan

Ibrohim Rahimov

Pyotr Ageev

Rustam Abdullayev

Shuhrat Mamajonov

Aleksandr Kirov

Jamoani boshqargan mashhur murabbiylar

Muhammadali Qo‘ldoshev

Avxat Abdulin

Yuriy Gazyukin

Tohir Kapadze

Rustam Abdullayev

Vadim Shodimatov

Murod Ismoilov

Sergey Kovshov 

No‘’mon Hasanov

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 19:45, 04.01.2019.
O'qildi: 2101 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.