Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Oltin avlodga murojaat!

Oltin avlodga murojaat!

Baho:
+ | -1

“Sport” telekanalida Server Jeparov hamda Timur Kopadze ishtirok etgan ko‘rsatuvni tomosha qildim. Ularning bugungi futbolimiz haqidagi gaplaridan ko‘ra o‘zlari qatnashgan turnirlar haqidagi fikrlari ko‘proq yoqdi. Hali boshlanmagan musobaqa haqida baribir hech kim aniq gap ayta olmaydi, ular ham shu jumladan. O‘tib ketgan o‘yinlar haqida esa, to‘lib-toshib gapirishga imkon bor.

Buning ustiga, Server ham, Timur ham o‘tmishni eslashga moyil bo‘lgan ajoyib bir davrda turishibdiki, hissiy so‘zlar aynan shu pallada tiniqroq yangraydi. Keyin bu gaplar eskirardi, hozir mavridi edi. Dilshod To‘xtabekov ham asosiy e’tiborni moziyga qaratib to‘g‘ri qildi, bugungi kun haqidagi umumiy gaplar eshitish me’daga tegadi.

Osiyo kuboklari tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, o‘tgan asr bizga dalda bera olmagan. Ilk turnirimiz biz uchun qayg‘uli, Livandagi musobaqa esa, o‘ta qayg‘uli, aniqrog‘i, fojiali yakunlangani haligacha esimizda. 2004 yildan boshlangan yangi davrimiz o‘zbek futbolining bugungi davriga tamal toshini qo‘ygan. Guruh o‘yinlaridan chiqib kelyapmiz o‘shandan buyon.

Server ham, Timur ham shu haqda to‘lqinlanib gapirishdi. Guruhdan qanday chiqqanlari, pley-offdagi o‘yinlar taassuroti, chorak final, yarim finalda to‘xtashimiz sabablari... hammasi qiziq, gap yo‘q. Lekin mana shu ikki yulduzimizning “to‘xtagan joyi” Abramov davri bo‘ldi. Tamom. Avstraliyadan qabul qilingan zarbani tushuntirib berishlariga to‘g‘ri keldi keyin. Janubiy Koreyani yenga olmasligimiz ildizlari ochildi. Mentalitet va hokazo. Yuqoriroq mavzular haqida so‘zlashga, tabiiyki, imkon topilmadi.

Yana bir qiziq joyi – Kopadze 2004 yilgi Osiyo chempionatida yoshgina yigit bo‘lib, ilk turnirda qatnashganini xotirlagani bo‘ldi. Shundan boshlanib ketdi dedi hammasini. Ha, u bugungi turnirgacha bari musobaqada qatnashib kelgan. Birida yaxshiroq, birida alamli. Lekin u faoliyatini tugatib tashrif buyurgan ko‘rsatuvida chempionlik haqida gapira olmayapti. Imkoni yo‘q-da chunki.

O‘tgan yilning yanvarida qit’ani titratgan 23 yoshli chempionlarimiz ham xuddi Timur singari terma jamoadagi ilk turnirlari ostonasida turishibdi. Ular ham xuddi Timur singari, Server singari yillar o‘tib, 4ta Osiyo chempionatida qatnashib, o‘z faoliyatlarini yakunlagan onlarida qandaydir ko‘rsatuvda o‘tmishni xotirlab o‘tirishlariga to‘g‘ri keladi. O‘shanda ularning oldida ikkita variant bo‘ladi: jurnalistning “qaysi chempionlikni qo‘lga kiritish sizlarga zavqliroq bo‘lgan: Xitoy-2018mi yo BAA-2019?” degan savollariga javob berishlari yo Timur va Server kabi pley-off o‘yinlari haqidagi savollarga javoblar...

 Qaysi birini tanlamoqchisimiz, yigitlar?

Ha, mayli, yanada tushuntiribroq gapiradigan bo‘lsam, jahon yulduzlaridan biri, Ispaniya terma jamoasi sardori bo‘lgan Raul Gonsalesning yaqinda televideniyega bergan intervyusidan ham parcha keltiraman. U o‘z faoliyati haqida gapirib bo‘lib, shunday degan: “Men mendan keyingi avloddan faxrlanaman, ular hozir sizning ko‘rsatuvingizga chalaxotiralar bilan emas, Yevropa va jahon chempionligi bilan tashrif buyurishadi”.  Hurmatli yosh iqtidor egalari, hozir sizlar sardoringiz Odil Ahmedov, hujumchingiz Marat Bikmayev, posboningiz Ignatiy Nesterov, temir qo‘rg‘onlaringiz Anzur Ismoilov hamda Akmal Shorahmedov bilan bir maslak yo‘lida birlashishga imkoniyat toping, finalgacha borishga, kerak bo‘lsa oxirgi raqibni-da yengishga chora toping. Shunda bilasizmi nima bo‘ladi: ham o‘zingizning “kelajakdagi o‘tmishingiz”ni nurga cho‘mdirasiz, ham akalaringizni yuqoridagi yulduzlar holiga tushishidan saqlab qolasiz. 

Men o‘ylashimcha, shunaqa oltin avlod yetishib bo‘ldi. Barchangizni har kuni ko‘ryapmanu, ishonchim borgan sari oshib bormoqda.   Xayrulla Hamidov

Manba: UFA
Kiritildi: 06:24, 05.01.2019.
O'qildi: 4996 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.