Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/01 16:00 Vyetnam 2-0 Iordaniya
06/01 19:00 Saudiya Arabistoni 1-0 Qirg‘iziston
06/01 19:00 Piza 0-3 Komo
06/01 22:00 Lechche 0-2 Roma
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 3-2 Livan
07/01 21:30 Qatar - BAA
07/01 22:30 Bolonya - Atalanta
07/01 22:30 Napoli - Verona
08/01 00:30 Bornmut - Tottenhem
08/01 00:30 Brentford - Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas - Aston Villa
08/01 00:30 Everton - Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem - Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti - Brayton
08/01 00:45 Parma - Inter
08/01 00:45 Torino - Udineze
08/01 00:45 Lasio - Fiorentina
08/01 01:15 Byornli - Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl - Lids
08/01 16:30 Avstraliya - Tailand
08/01 19:00 Iroq - Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari

Diyor Imomxo‘jayev kelishilgan o‘yinlar haqida: «Endi rahm-shafqat bo‘lmaydi»

Diyor Imomxo‘jayev kelishilgan o‘yinlar haqida: «Endi rahm-shafqat bo‘lmaydi»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston proffesional futbol ligasi bosh direktori o‘rinbosari Diyor Imomxo‘jayev kelishilgan o‘yinlar haqida fikr bildirdi.

“Bugun o‘zimizning futbol klublar ancha jiddiy xat qabul qilib oladi. Kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurash masalasi 2019 yilda katta mavzu bo‘ladi.

Endi aniq bir faktsiz ham PFL ishni prokuraturaga oshiradi. Biror-bir futbol klubi kamida uchta o‘yinda gumon qilinganining o‘ziyoq biz uchun yetarli. Qolganini shunday ishlarni ochishga aqli yetadigan organlarimiz qoyil qiladi, deb umid qilamiz.

Klublarga kelgan xatlarni OAV uchun texnichno berib turadigan odamlarimiz to‘lib yotibdi. Uch kishi bilgan narsa endi sir emas, dermidi. Bu mavzuda xalq o‘z “qahramonlari”ni bilsa ham zarar qilmaydi. Ular ko‘zlarini yaxshilab ochishsin, endi rahm-shafqat bo‘lmaydi.

Futbol ichidagi ayrimlar topayotgan yuz millionlariga ham qanoat qilmay, o‘yinlarni sotishdan qo‘shimcha daromad ko‘rayotgani uchun ham davlat ularga nisbatan imtiyozlarni kamaytirib borishiga qarshi emasman. Yaxshi futbolchi Yaponiya, Xitoy, Koreya, Malayziya, BAA yoki Rossiyaga ketib ham oilasini boqaveradi. O‘z qarichidan balandroq sakray olmaydigani esa mehnati evaziga muxlis chorlasin, muxlis orqali daromad qilsin. Tekintomoqlik bizni olib kelgan nuqta hozircha shu”,- deb yozadi Imomxo‘jayev.

Manba: Диёр Имомхўжаев телеграм канали
Kiritildi: 11:59, 08.01.2019.
O'qildi: 5923 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.