Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

Legionerlar ham so‘mda maosh olishadi...?!

Legionerlar ham so‘mda maosh olishadi...?!

Baho:
+1 | -

Futbol jamoalarimiz xorijdan ishchi kuchi (legioner futbolchi) olib kelishgan va shartnoma tuzib olishgan.

Xorijdan kelgan futbolchi oylik, mukofot pul, ko‘tarma pullarini so‘mda olishga rozi bo‘lgan. Aslida uddaburon futbolchi bo‘lsa, “toshingni ter” deyishi kerak, talabini qo‘yishi shart. Biroq, o‘zbek so‘miga uchib keladi, uchib ketayotganda esa ko‘loplatib bir narsa qilib ketadi klublarimizning ustiga.   

O‘zimizdagi elit qatlam iloji boricha maoshlarini valyutada gaplashishga harakat qilsa-yu, bu gastarbayter futbolchi kelib, so‘mda pul olsa. Uning nomiga “uzkard” ochishadi, pulini tashlab turishadi. Keyin vdrug futbolchi kerak bo‘lmay qoladi va uni salkam haydab solishadi (kelayotganida o‘rtada turgan dallollarga foyda keltirgan va missiyasi tugagan aslida uni).

Yaqindagina 1000 so‘mliklarni sanab yurgan futbolchi chegaradan o‘tib olishi bilan sherga aylanadi va FIFAga yig‘lab maktub yozadi: “pullarim qolib ketdi, meni xafa qilishdi”, deb. FIFA bizga yozadi “o‘zingiz hal qilasizmi yoki aralashaymi”, deb. O‘FA klubga yozadi: “Qo‘lingdan kelsa o‘ynatmaysanmi legionerni, ahmoq”, deb. Keyin boyagi dallol shartta chek yozib, o‘zimizning plastik kartaga qanchadir millionni haydab yuboradi (puli ko‘p-da uni, beli og‘rib topmagan): masala hal!

Tomosha esa keyin boshlanadi. Futbolchi “pulim qani, o‘” deydi. Klub “paxta bankdan ochilgan plastikinga tushirdik, kelib olib ket” deydi (xuddi bizning plastik kartani O‘zbekistondan tashqarida ishlatib bo‘ladigandek). Masalan, o‘sha futbolchi peymi orqali so‘mini valyuta kartasiga bir amallab o‘tkazvolishi mumkin (zamon o‘zgarib ketdi-ku). Lekin u peymini qayerdan biladi? Unga gitara! Yo‘q, pulimni olib kelib berasan deydi. Klub bankka yuguradi, yechib ber shu kozyolni ovozini o‘chiray deb.

Banklarimiz bunday paytlarda Shveysariya banklaridan ham chiroyliroq va ishonchliroq javob beradi: “o‘zi kelib olib ketmagunicha, vallomatingga ham bermayman”, deb. Mana shunday mashmashalar bor futbolimizda. Odamlar sevgan qiziga ham buncha ko‘p xat yozmaydi, ammo FIFA doimo bizni eslab turadi.

Xo‘sh, endi chet ellik futbolchiga oylikni so‘mda to‘lash mumkin emas, qilmoqchimiz. Chet el xo‘rozqandi kerakmi, marhamat, valyutada sotib ol. Ikkinchidan, stadioni, akademiyasi, bazasi 5-tramvay (rahmatli) oxiridagi bir maskanni eslatib yuboradigan klubga legioner uchun umuman ruxsat bermaymiz. Ularga to‘laydigan milliardlariga infratuzilma qursin. Hozircha shular.

Biroq ortda qolgan muammolarni ham yechish kerak. Futbolda shu va shunga o‘xshash millionta ish bor. Tashqaridagi “muxolifat” esa “format-format” deydi. Yo tavba...

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 23:31, 10.01.2019.
O'qildi: 6251 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик