Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

«Navbahor» stadionida ham o‘zgarishlar bo‘ladi

«Navbahor» stadionida ham o‘zgarishlar bo‘ladi

Baho:
+ | -1

“O‘FA va O‘zPFL tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalarda ishtirok etuvchi futbol klublarini lisenziyalash va professional futbol klubi maqomini belgilash bo‘yicha reglament” ishlab chiqilgani va uning O‘FA Ijroqo‘mi byurosi tomonidan tasdiqlanganidan xabaringiz bor.

Ta’kidlanganidek, PFL mazkur reglament asosida futbol klublarini kelasi mavsum uchun tayyorlab bormoqda. Klublar oldiga qo‘yilayotgan eng asosiy talablardan biri akademiyaga ega bo‘lish sanaladi. Shuningdek, har bir klub o‘z uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan stadion maydoni yaxshi holatda bo‘lishini ta’minlashi shart.

Aynan mana shu borada olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida PFLning maxsus ishchi guruhi Qo‘qon va Namanganda bo‘ldi. 

“Qo‘qon-1912” klubi akademiya bo‘yicha talabni bajarish uchun uy stadioniga yaqin hududda hozircha tashlandiq yotgan futbol maydonini o‘z qaramog‘iga olib, o‘sha yerda zamonaviy futbol maydonlari va yotoqxona barpo etish borasida ish olib borilayotgani ma’lum bo‘ldi. Klub kelasi oyga qadar akademiya bo‘yicha talabni to‘liq bajarishni mo‘ljallamoqda. 

Shuningdek, “Markaziy” stadionini talab darjasida bo‘lishi uchun harakatlar davom etmoqda. “Markaziy” stadion chimi to‘lig‘icha yangilanadi. Ayni paytda texnikalar yordamida eski chim ko‘chirilib, maydonni yangi chim o‘rnatish uchun tayyor holatga keltirilmoqda. Maydonga zamonaviy sug‘orish tizimi o‘rnatildi. Yaqin vaqt ichida yangi chim o‘tkazish jarayoni boshlanishi ko‘zda tutilmoqda. Qolaversa, stadionning ayrim sektorlaridagi taxtadan yasalgan o‘rindiqlar zamonaviy plastmassa o‘rindiqlarga almashtirilishi lozim.

Ta’kidlash joizki, Qo‘qondagi “Markaziy” stadion projektorlari yoritish quvvati “Stadionlar bo‘yicha nizom” talablariga javob bermaydi. Shu sababdan klub yaqin vaqt ichida yoritish tizimini tavsiya bo‘yicha – 1500 lyuksga yetkazish ustida ish olib bormoqda. 

Shuningdek, Namanganga tashrif buyurgan ishchi guruh “Navbahor” jamoasida olib borilayotgan ishlar bilan ham tanishdi. Ma’lum bo‘lishicha, klub yaqin vaqt ichida O‘FA huzuridagi viloyat bolalar-o‘smirlar hududiy futbol akademiyasi bilan shartnoma imzolaydi. 

Shu bilan bir qatorda asosiy o‘yinlar o‘tadigan “Markaziy” o‘yingohda ideal holatdagi chimga ega bo‘lish borasida ham ish olib borilmoqda. Chimni Gollandiyadan olib kelish ko‘zda tutilgan. Chimni hamisha yaxshi holatda ushlab turish uchun unga mavsum davomida ham yaxshilab parvarish lozim bo‘ladi. Shuni inobatga olib, sug‘orish tizimini ham italyan texnologiyasi asosida yangilandi.  Tez orada chim o‘tkazish jarayoni boshlanishi lozim.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 21:16, 11.01.2019.
O'qildi: 5713 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.