Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Piter Xyuystra: «Paxtakor» «Ayaks», «Feyenoord» yoki «PSV» kabi grand klublar darajasida emas»

Piter Xyuystra: «Paxtakor» «Ayaks», «Feyenoord» yoki «PSV» kabi grand klublar darajasida emas»

Baho:
+ | -

“Paxtakor” klubida bosh murabbiy yordamchisi sifatida faoliyat olib borayotgan gollandiyalik mutaxassis Piter Xyuystra kuni kecha mashxur golland nashri Voetbal Zonega intervyu berdi.

Intervyu davomida Gollandiya terma jamoasining sobiq a’zosi O‘zbekistondagi faoliyati va “Paxtakor” haqida to‘xtalib o‘tdi.

- Menga O‘zbekiston ancha ma’qul keldi. Mamlakat va bu yerning odamlari juda manzur bo‘ldi.

Qolaversa, milliy chempionat saviyasi ham yomon emas. “Paxtakor” va “Lokomotiv” kabi klublar Gollandiya miqiyosidagi klublarga yaxshigina raqobat xosil qila oladi, deb hisoblayman.

“Utrext”, “AZ” va “Vitess” kabi jamoalar bilan saviyamiz bir xil desam xato bo‘lmaydi. Qolgan o‘zbek klublari golland Erediviziyasida nisbatan pastroq o‘rinlardan joy olishgan bo‘lar edi.

“Paxtakor” klubi ayni paytda to‘g‘ri yo‘ldan bormoqda. Bu yerda yaxshi darajadagi klub shakllantirish ishlari olib borilmoqda. To‘g‘ri, hali “Ayaks”, “Feyenoord” yoki “PSV” kabi grand klublar darajasida emasmiz.

Lekin klub infratuzilmasini sekin-asta yaxshilab boryapmiz. “AZ” klubi yaqinda Yevropa Ligasi doirasida Qozog‘istonning “Qayrat” klubiga imkoniyatni boy berdi. Xolbuki, biz mazkur jamoani yig‘in payti osongina mag‘lub etgan edik, - dedi mutaxassis.

Piter Xyuystra o‘z vaqtida “Groningen”, “Tvente”, “Glazgo Reynjers” kabi klublar va Gollandiya terma jamoasi safida hujumkor yarim himoyachi sifatida faoliyat olib borgan.

Manba: PFL
Kiritildi: 16:16, 12.01.2019.
O'qildi: 7456 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик