Kirish Ro'yxatdan o'tish

Toshkentda «Vatan himoyachilari kuni»ga bag‘ishlangan musobaqa tashkil etildi

Toshkentda «Vatan himoyachilari kuni»ga bag‘ishlangan musobaqa tashkil etildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Ertaga O‘zbekiston Qurolli kuchlari tashkil etilganiga roppa-rosa 27 yil to‘ladi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamkorligida poytaxtimizda yugurish musobaqasi tashkil qilindi. 10 km masofaga o‘tkazilgan bellashuvlarda 500 nafardan ziyod ishtirokchi o‘z omadini sinab ko‘rdi.

Qatnashchilar Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidan «Xalqlar do‘stligi» maydonidagi marragacha yugurishdi.

Erkaklar o‘rtasidagi bahslarda SH.Davletov, V.Mamedov, Z.Mamatqulov, YE.Fadeev, A.Petrov, B.Safarov marraga birinchilardan bo‘lib yetib kelishdi. Ayollar o‘rtasida esa YE.Tunguskova, M.Xmelevskaya, M.Muhitdinova, Z.Xudoyberdiyeva, V.Grishina, M.Baratova kuchli oltilikni tashkil etib berishdi.

«Bugungi musobaqa men uchun juda omadli bo‘ldi. Bahslarda birinchi o‘rinni oldim. Yil ajoyib boshlanganidan xursandman. Sport bilan barcha shug‘ullanishi lozim. Bu sog‘liq uchun juda foydali. Yaqinlashib kelayotgan bayram, 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni bilan barchani tabriklayman», – dedi musobaqa g‘olibasi Yekaterina Tunguskova.

 

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 14:14, 13.01.2019.
O'qildi: 1807 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.