Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Vadim Abramov: «Qanday jamoaga kelganimni yaxshi tushunib turibman»

Vadim Abramov: «Qanday jamoaga kelganimni yaxshi tushunib turibman»

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, bir nech kun avval “Bunyodkor” klubiga bosh murabbiy etib Vadim Abramov tayinlandi.

Hozirda klub futbolchilari Vadim Abramov boshchiligida mashg‘ulotlar olib boayotgani haqida avvalroq xabar berib o‘tgan edik. Bugun klub bosh murabbyi bilan uyushtirilgan qisqacha intervyuni siga taqdim etamiz.

- “Bunyodkor” haqida...

- “Bunyodkor” o‘z tarixi va an’analariga ega jamoa ekanligi barchaga ma’lum. Klub har doim o‘zbek futboli bayroqdorlaridan biri bo‘lib kelgan.

Biz qanday jamoaga kelganimizni juda yaxshi tushunib turibmiz. Bizning vazifamiz qilingan ishlardan  yanada yaxshirog‘ini amalga oshirish. Meni xursand qiladigani klubda yosh futbolchilarning ko‘pligi va ularning o‘rganishga ishtiyoqi kuchli ekanligi.

Yoshlar bilan ishlash doim yoqimli. Oldimizga qo‘yilgan vazifa aynan shu yosh futbolchilarning darajasini, mahoratini oshirish. Birinchi navbatda ularning har biri bilan tanishib olishimiz kerak.

Menimcha 10 kun ichida ular bilan tanishib olish hamda futbolchilarning nimaga qodir ekanliklariga dastlabki bahoni berish uchun yetarli bo‘ladi. Va shundan so‘ng biz qanday ishlarni amalga oshirishimiz kerakligi haqida tasavvur va yangi mavsumga aniq rejalarni tuzib olishmiz mumkin bo‘ladi.

- Klubga yangi futbolchilar taklif etiladimi?

- Birinchi navbatda biz hozir tarkibmizdagi bor futbolchilar bilan tanishib olishimiz va ularning nimaga qodir ekanligini aniqlab olishimiz zarur.

Aynan qaysi chiziq yoki pozisiyani kuchaytirishmiz kerakligini bilib olganimizdan so‘ng “Bunyodkor” uchun o‘ynash istagida bo‘lgan, biz mahoratini yaxshi biladigan va “Bunyodkor”ning darajasiga mos tushadigan  futbolchilarni taklif etishimiz mumkin.

- Rahbariyat odingizga qanday vazifalarni qo‘ydi?

- Hozir siz bilan oldimizga qo‘yilgan vazifa haqida gaplashishga erta. Lekin hozircha bir narsani aniq aytaman: kamida o‘tgan mavsumda qayd etilgan natijadan yaxshirog‘ini qayd etish bizning maqsadimiz.

Biz bu ishni amalga oshirish uchun qo‘limizdan kelgan ishni qilamiz. Shuningdek, chempionatda shunchaki ishtirok etishni emas, munosib ishtirok etib, sovrinli o‘rinlar uchun kurashishni maqsad qilamiz va shu ishni amalga oshirishga harakat qilamiz.

- Sizning bosh murabbiy etib tayinlanganingizni e’lon qilganimizdan so‘ng muxlislar orasida “Abramov qiyin holatda qolgan “Bunyodkor”ni qabul qildi” degan gap-so‘zlar yangradi.

- Tushundim nima demoqchi ekanligingizni. Muxlislar o‘ylagandek klub yomon holatda emas. Xursand qiladigani klubda futbol o‘ynash va futbol bilan shug‘ullanish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

“Bunyodkor”dagi shart-sharoitlarni solishtiradigan bo‘lsak, menimcha klub respublikadagi eng oldi klublardan biri hisoblanadi va bizning ishlashimiz uchun hamma narsa bor. O‘ylaymanki, biz klub bilan muvaffaqiyatga erishamiz.

Manba: Bunyodkor
Kiritildi: 11:58, 16.01.2019.
O'qildi: 5421 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.