Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Osiyo kubogi 2019. Hali hechnarsa yo‘qotilgani yo‘q. O‘zbekiston kurashda davom etadi!

Osiyo kubogi 2019. Hali hechnarsa yo‘qotilgani yo‘q. O‘zbekiston kurashda davom etadi!

Baho:
+1 | -1

Kecha Yaponiya termasidan qabul qilib olingan mag‘lubiyatdan so‘ng muxlislarimizning kayfiyatlari tushib ketdi.

Lekin shuni aytish kerakki, bu o‘yin biz uchun turnirdagi eng ahamiyatsiz uchrashuv edi. Sababi, play-off masalasi hal qilingan, asosiy tarkib o‘yinchilari keyingi uchrashuvga 100 foizlik jismoniy holatlarini tiklab olish uchun asrab qo‘yilgandi.

Tan olish kerak muxlis xalqi mag‘lubiyatni hazm qilishga doim qiynalishadi, lekin bizning ham professional bo‘lish vaqtimiz kelmadimikan? Bu futbol! Bu o‘yinda Ispaniya ham, Braziliya ham mag‘lubiyatdan sug‘urtalanmanganku axir?!

O‘yin haqida qisqacha

Mag‘lubiyatga uchragan o‘yinimizda chakki ko‘rinmadik. Fozil Musayev o‘yinning eng yomon o‘yinchisi bo‘ldi desak, adashmagan bo‘lamiz. O‘tkazib yuborgan gollarimizda raqiblariga qarshilik ko‘rsatishi kerak bo‘lgan o‘yinchimiz birinchi vaziyatda ikkinchi qavatdan kelayotgan to‘pni o‘tkazib yubordi, ikkinchi vaziyatda esa….

Qisqasi, Fozil hali beri Odilning o‘rnini bosa olmas ekan.

Vijdonan qaraganda, termamiz hech jabhada yaponlardan qolishmadi. Ektor Kuper aytganidek, bizga ozgina omad ham yetishmadi.

Hayot davom etadi.

Kechagi mag‘lubiyat ertangi zafarlar uchun yaxshigina saboq bo‘ladi. Termamiz yangi uslubda ancha o‘sishga erishganini kechagi uchrashuv ko‘rsatib berdi. O‘yinning so‘nggi daqiqalarigacha vatandoshlarimiz kurashdan to‘xtashmadi, vaziyatlar yaratishdi, afsuki, gol bo‘lmadi, xolos. Hali hech narsa yo‘qotilgani yoq. Play – off dagi jamoalarda qanday imkoniyat bo‘lsa, bizda ham shuncha imkoniyat mavjud. Faqat shu imkoniyatdan unumli foydalanish kerak, bo‘ldi qolgan hamma narsani ortga tashlab, yangi kun va yangi zafarlar uchun olg‘a odimlash zarur. Keling, ishonishda davom etaylik, zero, hali hech narsa boy berilgani yo‘q.

Mashhur nemis adibi Gyote aytganidek:

«Inson ishonchi va ma’naviy mardligi sharofati bilan eng og‘ir sharoitlarda ham zafar qucha oladi. Lekin uning qalbiga tirnoqcha ikkilanish kira olsa, uni mahv etadi».

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:31, 18.01.2019.
O'qildi: 10265 marta.
Fikrlar: 39 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.